Вы сейчас просматриваете O‘lim qayd etilganligi haqidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?
O‘lim qayd etilganligi haqidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

O‘lim qayd etilganligi haqidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

O‘lim qayd etilganligi haqidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

✅ Endi bu ma’lumotnomani my.gov.uz orqali olish mumkin — hech qayerga borish shart emas.

🧾 Xizmatdan foydalanish tartibi qanday?

1️⃣my.gov.uz saytiga kiring
2️⃣»Ma’lumotnomalar» bo‘limiga o‘ting
3️⃣»O‘lim ro‘yxatga olinganligi haqida ma’lumotnoma» xizmatini tanlang
4️⃣Xizmatdan ishonchli shaxs sifatida foydalanayotganingizni tasdiqlang. Keyin vafot etgan shaxsning ismi, familiyasi, tug‘ilgan sanasi hamda hududini kiriting. Agar sanani bilsangiz, aniq ko‘rsating, bilmasangiz — davr oralig‘ini kiriting.
5️⃣O‘zingiz haqingizda ma’lumotlarni to‘ldiring va aloqadorligingizni ko‘rsating:
🗄Qarindosh bo‘lsangiz — pasport va tug‘ilganlik guvohnomangizni yuklang.
🗄 Uchinchi shaxs yoki vakil bo‘lsangiz — notarial ishonchnoma nusxasini yuklang.

Ma’lumotnomani qay maqsadda olayotganingizni tanlang va to‘lovni amalga oshiring

📆 To‘lovdan so‘ng ma’lumotnomani 3 ish kuni ichida «Arizalar» bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin.

➡️ Hammasi onlayn, tez va qulay!

Добавить комментарий