INTERNETDA PUL ISHLASHNI QANDAY BOSHLASH MUMKIN ?

DO`STLARGA ULASHING:

Internetda pul ishlashga qiziqganingizdan so’ng, endi pul topishni boshlashingiz kerak. Pul ishlash uchun bir-nechta qadamlarni qilib chiqing :

  • Elektron pochta yaratish – saytlarda ro’yhatdan o’tish uchun yaratish kerak ;
  • Elektron hamyon yaratish – internetdagi pullarni tortib olish uchun yaratamiz ;
  • O’zimizga tog’ri keladigan pul ishlash yo’lini tanlash va ishlash ;
  • Pullarni yechib olish.

INTERNETDA PUL ISHLASH YO’LLARI – 12TA YO’LI

Pul ishlash yo’lini men uchta bo’limga bo’laman :

  • Boshlanuvchilar uchun ;
  • Profilar uchun ;
  • WebMasterlar uchun.

O’zingizni toyifangizni tanlang va o’tib, o’rganing.

BOSHLANUVCHILAR UCHUN

Internetda pul ishlash uchun saytlar juda ko’p va birinchi bo’lib eng oson va qulaylarini ko’rib o’tamiz:

1. KAPCHALAR KIRITIB PUL ISHLASH

Oddiy harflar va sonlarni kiritib o’zingizga kichik bo’lsada daromad uyishtirsangiz bo’ladi. Sizdan faqat ish talab qilinadi, sarmoya ham bilim ham shart emas.

To’liq bilib olish uchun “Kapchalar kiritib pul ishlash” degan maqolamizni o’qib, saytlarga ham manbalarni olishingiz mumkin.
2. BONUSLAR YIG’IB PUL ISHLASH

Hamyoningiz bor va unga pul tashlash kerak, uning uchun hozir ishlash ham shart emas. Bonuslar yig’ib pul ishlash imkoniga hozir hamma ega. Hamyoningizni raqamini kiritasiz va kapchani kiritib, “Olish” tugmasini bosasiz va pullar hamyoningizga tushib keladi. Bonuslarni bir emas, o’n-o’nbeshta saytlardan olish mumkin. Lekin bonuslar faqat 24 soatda bir marotaba beriladi.

3. IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI PUL ISHLASH

Vkontakte, Facebook, YouTube, Google+, Odnoklassniki va Twitter orqali Siz yaxshigina pul topishingiz mumkin. Sizning ishingiz bu – grupparlarga obuna bo’lish, repostlar qilib layklar qo’yish. Foydani esa bir-nechta saytlardan olish mumkin.

Siz uchun men juda foydali maqola tayyorlaganman : “Ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlash”

4. BRAUZER ORQALI REKLAMA KO’RIB PUL ISHLASH

Brauzeringizga tog’ri keladigan kengaytmani (расширение) o’rnatib, hamyoningizni to’ldirib olishingiz mumkin. Siz saytlarga kirganingizda reklamalar paydo bo’ladi va shu bitta reklama ko’rganingiz uchun 0.01-0.05 rubl olish mumkin. Agar reklama kuniga 1000ta chiqsa 10-50 rubl olish mumkin. Oyiga bu sonlar 300-1500 rubl tashkil etadi.

Saytlar :

  • Surfearner – eng zo’r servislardan biri ;
  • Teaser – juda chiroyli va mashhur proekt ;
  • p2p – juda qulay servis.
5. BUKSLARDA PUL ISHLASH

Siz internet biznesga yaqinda kelganingizni hisobga olib, bukslarda pul ishlash yo’lini ham bu ro’yhatga tiqishga qaror qildim. Bu yerda Siz internet biznesning modelini bilib olishingiz mumkin va kelajakda bu juda salbiy tasir ko’rsatadi.

Ushbu pul ishlash yo’li haqida men boshqa maqolada aytib o’tganman. To’liq bilish uchun bu yerga bosing.
6. INVESTITSION O’YINLARDA PUL ISHLASH

Agar Siz tepada ko’rsatilgan pul ishlash yo’llari orqali o’zingizga kichik bo’lsada daromad olgan bo’lsangiz, unda investitsion o’yinlarga pul tikib yaxshigina daromad olishingiz mumkin. Pullaringizni ko’paytirib va oyma-oy daromad olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

To’liq malumotni bu yerda o’qing – “Investitsion o’yinlarda pul ishlash”.

PROFILAR UCHUN

Agar Siz anchadan beri internet biznes bilan shug’ullnib kelyatgan bo’lsangiz, unda men tafsiya qilgan pul ishlash yo’llari orqali yaxshigina pul topishingiz mumkin.

7. OPTSIONLARDA PUL ISHLASH

Kichik vaqt ichida maksimal darajadi pul ishlash aynan ushbu pul ishlash yo’li orqali olish mumkin. Daromad kuniga 1000-2000 rubl ham tashkil etishi mumkin, ammo tavvakal ham mavjud. Endi bizda aytishadiku : “Tavvakal qilmagan, bayram ham qilmaydi !”.

8. YOUTUBE ORQALI PUL ISHLASH

YouTube hozir nafaqat Sizni zerikishdan ozod qiladi, yana daromad olib kelish imkonini ham beradi. Yana bo’lsa YouTube orqali daromad olish hozir eng mashhur va daromadli pul topish yo’llaridan biridir. Bu yerda har bir 1000ta ko’rilgan video’ga 0.1-10$ olish mumkin. Agar Sizning videoingizni 1000000ta ko’rishsa Siz kamida 100$ uzog’i bilan esa 10000$ topish imkoniga ega bo’lasiz.

To’liq malumotni men bu maqolada aytib o’tganman : “YouTube orqali pul ishlash”.

9. HAMKORLIK DASTURLARIDA PUL ISHLASH

Referallar haqida hozir hamma profilar bilishadi va referallarni jalb qilib internetda juda yaxshi daromad olish mumkin. Sizdan faqat yaxshi trafik kerak bo’ladi, yani sayt yoki ijtimoiy tarmoqlarda gruppa. Agar Siz yaxshi trafikga ega bo’lsangiz, juda zo’r daromad olishingiz mumkin.

WEBMASTER UCHUN

Agar Siz WebMaster, yani sayt yaratuvchi odam bo’lsangiz, unda o’zingizga internet yordamida daromad uyishtirishingiz mumkin.

10. FRILANSDA PUL ISHLASH

Siz pulga xizmatlar qilib daromad olishingiz mumkin. Buyurtmachilarni internetdan olish mumkin, uning uchun e’lon taxtachalariga e’lon berib olishingiz mumkin, yoki sayt yaratib olish ham mumkin.

11. REKLAMA YORDAMIDA PUL ISHLASH

Sizning saytlaringiz bo’lsa, unda reklama joylashtirib pul ishlashingiz mumkin.

12. STARTUP PROEKT YARATIB PUL ISHLASH

Siz Tas-ix yoki umuman internetda qandaydir proekt yaratib pul ishlashingiz mumkin. Masalan : xabarlar sayti, saytlar konstruktori, pitsalar yetqazib beruvchi sayt yoki o’zingizga tog’ri keladigan go’ya tanlab yaratishingiz mumkin. Yaratib bo’lgandan so’ng investor topsangiz, o’zi sarmoya qiladi va proektingizni rivojlantirish imkoniga ega bo’lasiz.

Ushbu 12ta pul ishlash yo’llarining hammasi ishonchli va bu yerda hech qanaqa loxotron yo’q.

XULOSA

Demak, aziz vatandoshlar Biz bu maqolada internetda pul ishlash haqida to’liq bilib oldik va pul ishlash uchun 12ta pul ishlash yo’llarini ko’rib o’tdik. Maqolaning o’xirida esa internetdagi pullarni yechib olishni o’rganib oldik. Agar Sizga maqola yoqgan bo’lsa, unda do’stlar bilan bo’lishish va saytga obuna bo’lish esingizdan chiqmasiz.

13 комментариев к “INTERNETDA PUL ISHLASHNI QANDAY BOSHLASH MUMKIN ?”

  1. Уведомление: cheap cvv shop

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: Guns For Sale Online

  5. Уведомление: DevOps Consulting firm

  6. Уведомление: Georgia cornhole

  7. Уведомление: comprar reseñas google

  8. Уведомление: goxapp

  9. Уведомление: chocolate caramel shortbread bars recipe​

  10. Уведомление: Best universities in Africa

  11. Уведомление: สล็อตวอเลท

  12. Уведомление: https://aiolia.net/kankouranking/03_kantou/rl_out.cgi?id=futakobu&url=https://boikhuco.co.za/topbet-south-africa-betting-review-2023/

  13. Уведомление: ติดเน็ตบ้าน AIS

Комментарии закрыты.