Kiberfiribgarlikning 3 turi va ulardan qanday saqlanish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Kiberfiribgarlikning 3 turi va ulardan qanday saqlanish mumkin?
Kundalik hayotda u yoki bu tanishingizning kiberhujumga uchragani haqida eshitib qolamiz. Quyida sizga kiberhujumlarga uchramaslik uchun kiberfiribgarlik turlari va ulardan qanday saqlanish mumkinligini aytib o’tamiz!
1. Fishing – Aldovli xatlar, SMS yoki linklar orqali ma’lumot o‘g‘irlash
Firibgarlik sxemasi:
➖Sizga “bankdan”, “pochta xizmatidan” yoki “aksiyalar o‘yinidan” xat yoki SMS keladi.
➖U yerda link bo‘ladi: “Hisobingiz bloklandi”, “Yutib oldingiz!”, “Shoshiling, kartangiz bloklanadi!”.
➖Linkga kirganingizda — u rasmiy saytga o‘xshaydi, lekin aslida soxta. Siz kiritgan login/parol, karta ma’lumotlari — firibgarlar qo‘liga tushadi.
Qanday saqlanish kerak?
✅Hech qachon noma’lum linklarga kirmang.
✅ Shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat rasmiy saytlarga kiriting.
✅ 2 bosqichli avtorizatsiyani yoqing (2FA)
2. Vishing – Telefonda aldash (soxta qo‘ng‘iroqlar)
Firibgarlik sxemasi:
➖Sizga “bank xodimi” sifatida qo‘ng‘iroq qilishadi.
➖“Kartaniz bloklandi, to‘lov bo‘lmadi, kodni ayting, parolingizni tekshiramiz” deyishadi.
➖Siz SMS kodni aytsangiz yoki karta ma’lumotini bersangiz — pulingiz yechib olinadi.
Qanday saqlanish kerak?
✅Hech qachon hech kimga SMS-kod, karta raqami, CVV, parol aytmang.
✅ Bank xodimi sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilmaydi.
✅ Shubhali qo‘ng‘iroqlarda aloqani uzing va o‘zingiz bankka qo‘ng‘iroq qiling.
3. Soxta ilovalar va botlar
Firibgarlik sxemasi:
➖Telegram yoki Google Play’da bank nomi bilan soxta ilova paydo bo‘ladi.
➖Yoki Telegram’da “nafaqa olish”, “kredit tekshirish”, “yordam olish” botlari tarqatiladi.
➖Siz u yerda shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritasiz – ular firibgarlarga tushadi.
Qanday saqlanish kerak?
✅Ilovani faqat ruxsat berilgan manba — Play Market yoki App Store’dagi ishlab chiquvchi nomiga qarab yuklab oling.
✅Telegram botdan foydalanayotganda — tasdiqlangan, rasmiy manbani tekshiring.
✅ Antivirus va ilovalarni skanerlovchi dasturlarni yoqib qo‘ying.
Postimiz foydali bo’lgan bo’lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang!

Оставьте комментарий