Keldi bahor.

DO`STLARGA ULASHING:

Keldi bahor.

Keldi bahor fasli,
Mayin shamol tebratib.
Yoqar har bir jilvasi,
Qushlarni ham sayratib.

Keldi bahor gull baxor,
Chiroy ochar har nohor.
Chiroyidan ko’z qamashar,
O’lkamga bahor yarashar.

✍️: Islomova Mukambar


Bahor.

Kirib keldi bahor
Shildirab oqdi anhor.
Shamol esadi g’ir-g’ir
Tez-tez yog’adi yomg’ir.

Hammayoq gulga to’ldi
Osmonda quyosh kuldi.
Fasli bahor yangilanish
Dalada boshlandi ish.

Bolajonlar shod xurram
Bahorda ko’p bayram
Qip qizil hammayoqlar
Ochilar qizg’aldoqlar.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий