Islomda Oʼlchov birliklari

DO`STLARGA ULASHING:

UZUNLIK OʼLChOVLАRI
Qabza (oʼrta qomatli odam qoʼlini musht qilganida 4 barmoq qalinligi) = 7,7 sm.
Shibr (oʼrta boʼyli odam qarichi) = 23,1 sm.
Qadam (fut, oʼrta boʼyli odam oyogʼi tovonidan barmoqlari uchigacha) = 23,1 sm.
Ziroʼ (qoʼl ziroʼi, oʼrta boʼyli odam tirsagidan barmoqlari uchigacha) = 46,2 sm[1]. Xutva (oʼrta boʼyli odamning oʼrtacha tashlagan qadami, odimi) = 46,2 sm.
Boʼ (sarjin) = 184,8 sm (oʼrtacha tashlangan 4 qadam).
Qasaba = 369,6 sm (oʼrtacha 8 qadam).
Аshir = 22,176 m (oʼrtacha 48 qadam).
Gʼalva (kamon oʼqi yetadigan oʼrtacha masofa) = 184,80 m (oʼrtacha 400 qadam, 1/10 mil).
Qafiz = 221,76 m (oʼrtacha 480 qadam).
Mil = 1848 m (oʼrtacha 4000 qadam, 10 gʼalva, piyoda oʼrtacha 30 daqiqali yoʼl).
Jarib = 2217,60 m (oʼrtacha 4800 qadam).
Farsax = 5544 m (3 mil, piyoda oʼrtacha 1,5 soatli yoʼl).
Barid (tarixda ikki pochtaxona orasidagi masofa) = 22,176 km (12 mil, piyoda oʼrtacha 6 soatli yoʼl).
Marhala (hanafiy ulamolarimiz nazdida karvon qishda kunduzi oʼrtacha 8 soat yuradigan masofa) = 29,568 km (16 mil).
Marhala (jumhur ulamolar nazdida karvon yozda kunduzi oʼrtacha 12 soat yuradigan masofa) = 44,352 km (24 mil).
Qasr masofasi (hanafiy ulamolarimiz nazdidagi 3 marhala) = 88,704 km ≈ 89-90 km
Qasr masofasi (jumhur ulamolar nazdidagi 2 marhala) = 88,704 km ≈ 89-90 km
HАJM OʼLChOVLАRI (un, don-dunlar uchun)
Hijoz dirhami = 2,975 gr (≈ 3 gr).
Iroqiy ratl (fiqhda qoʼllaniladigan ratl, qadoq) = 0,515625 litr (≈ 0,516 l). Ogʼirligi (don-dun uchun) = 408 gr.
Mudd (katta hovuch miqdori) = 0,6875 l. Ogʼirligi = 544 gr (1,33 iroqiy ratl).
Mann, Mano (botmon) = 1,03125 l (≈ 1,04 l). Ogʼirligi = 816 gr.
Qadah, Qist = 1,375 l. Ogʼirligi = 1,088 kg.
Soʼ (jumhur ulamolar va imomayn nazdida) = 2,750 l. Ogʼirligi = 2,176 kg (5,33 iroqiy ratl).
Soʼ (Аbu Hanifa (ra) nazdida) = 4,125 l. Ogʼirligi = 3,264 kg (8 iroqiy ratl).
Makkuk = 4,125 l. Ogʼirligi = 3,264 kg (8 iroqiy ratl).
Faraq = 8,250 l. Ogʼirligi = 6,528 kg.
Kayla, Vayba (pud) = 16,5 l. Ogʼirligi = 13,056 kg.
Qafiz = 33 l. Ogʼirligi = 26,112 kg.
Mudiy = 61,875 l. Ogʼirligi = 48,960 kg.
Irdab = 66 l. Ogʼirligi = 52,224 kg.
Qulla = 128,90625 l (≈ 129 l). Ogʼirligi = 102 kg.
Jarib = 132 l. Ogʼirligi = 104,448 kg.
Vasaq = 165 l. Ogʼirligi = 130,560 kg.
Qintor = 180,46875 l (≈ 180,5 l). Ogʼirligi = 142,800 kg (1200 uqiya).
Kurr = 1980 l. Ogʼirligi = 1566,720 kg (12 vasaq).
Subra = bir uyum (meva-sabzavot).
OGʼIRLIK VА QАDIMGI TАNGА PUL OʼLChOVLАRI
Habba = 0,0618 gr.
Tassuj = 0,1236 gr (2 habba).
Qiyrot (karat) = 0,2125 gr (1/20 dinor, 1/14 dirham).
Doniq = 0,4944 gr (≈ 0,5 gr).
Dirham (qadimgi kumush tanga) = 2,975 gr ≈ 3 gr (14 qiyrot).
Misqol = 4,25 gr (20 qiyrot).
Dinor (qadimgi tilla tanga) = 4,25 gr (1 misqol).
Uqiya = 119 gr (40 dirham).
Tilla nisobi (zakotda) = 85 gr (20 dinor).
Kumush nisobi (zakotda) = 595 gr (200 dirham).
Аbdul Аzim ZIYoUDDIN
[1] Hanafiy , Molikiy, Shofeʼiy va Hanbaliy mazhablarining muhaqqiq fuqaholari nazdida.
siyrat.uz/maqola/74

10 комментариев к “Islomda Oʼlchov birliklari”

  1. Уведомление: Fondo De Perfil En Chaturbate

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  3. Уведомление: do.3domegawatches.com

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  6. Уведомление: whiskey for sale

  7. Уведомление: Gelato weed Strain

  8. Уведомление: best passive income

  9. Уведомление: illuminati join

  10. Уведомление: วิเคราะห์บอลวันนี้

Комментарии закрыты.