Issiq harorat koronavirusni o‘ldiradimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Koronavirus pandemiyasi davom etmoqda. Hozircha virusga qarshi vaksina yo‘qligi bois insoniyat havo isishidan umid qilmoqda. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, havo haroratining isishi virusning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Ayni paytda, ekspertlarning bir qismi bu fikrga qarshi chiqmoqda va havo harorati pandemiyani yo‘q qilmasligini uqtirmoqda.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” olimlarga murojaat etdi. Fizik olim Rustam Ashurov bu borada o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Koronoviruslar turli xil muhit va sharoitlarda yashab qolish borasida o‘ziga turdosh bo‘lgan boshqa viruslardan ancha ilgarilab ketgan. COVID-2019 tabiati jahon laboratoriyalarida qizg‘in o‘rganilayotgan bir vaqtda odamlarni asosan bir savol qiziqtiradi: u qachon chekinadi? Vaksina va yangi virusga qarshi preparatlar sinov etaplaridan o‘tishi uchun vaqt talab qilinishini inobatga olsak, insonlarga najot beradigan yagona umid havo haroratining ko‘tarilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi.

 

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, COVID-2019 o‘ziga turdosh bo‘lgan viruslar kabi mavsumiy xarakterga ega va havo harorati oshishiga chidamli emas. Lekin bu taxmin hozircha laboratoriyalarda tajribaviy isbotlangani yo‘q. COVID-2019 koronavirusning havo harorati va havo namligiga chidamliligi ustida ayni damda tajribalar olib borilyapti va yaqin kunlarda ular e’lon qilinadi. Ungacha esa biz bu taxminni kuzatuvlar orqali mantiqan tekshirib ko‘ramiz.

Temperaturaning obyektga (COVID-2019) ta’sir mexanizmlari haqida biror nima deyishga ojizman. Bu ishni mutaxassislarga qo‘yib beramiz. O‘zimiz esa oson yo‘ldan ketamiz. Ayni damda ushbu virus issiq o‘lkalarda o‘zini qanday his qilyapti? Bu maqolada shu savolga javob qidiramiz. Issiq harorat deb shartli ravishda 30°S va undan yuqori temperaturani belgilab olamiz.

Bu ma’lumotni internet orqali yig‘ish uchun ikkita instrumentdan foydalanamiz:

  1. dunyo xaritasi bo‘ylab ob-havo ma’lumotini ko‘rsatib boruvchi sayt. Men “Meteotrend.com” saytidan foydalandim;
  2. koronavirus tarqash geografiyasi bo‘ylab ma’lumotlarni monitoring qiluvchi sayt. Mening tanlovim – “Worldometeres.info” sayti bo‘ldi.

Demak, bugun harorat 30°S dan yuqori bo‘lgan 24 ta davlat bor ekan. Shu davlatlarda COVID-2019 koronavirusi bilan xastalangan bemorlar soni va shu virusdan o‘lganlar sonini hisobini chiqaramiz. Yig‘ilgan ma’lumotlar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.

30°S dan yuqori harorat kuzatilayotgan davlatlar

(ob-havo ma’lumotlari 24-mart kuni uchun ko‘rsatilgan)

Davlatlar Harorat (°S) Kasallanganlar soni O‘lim soni
1 Barbados 30 17
2 Beliz 30 1
3 Benin 31 2
4 Burkina-Faso 38 99 4
5 Gana 30 24 1
6 Gayana 30 19 1
7 Gvineya 33 0
8 Kambodja 30 86
9 Kot-d’Ivuar 30 25
10 Kuba 30 35
11 Mali 38 0
12 Nauru 30 0
13 Niger 40 2
14 Nigeriya 31 36 1
15 Panama 30 313 3
16 Paragvay 32 22 1
17 Salvador 31 3
18 Somali 30 1
19 Sudan 33 2 1
20 Syerra-Leone 31 0
21 Togo 31 18
22 Trinidad va Tobago 30 51
23 Markaziy Afrika Respublikasi 31 0
24 Chad 39 1
Umumiy: 757 12

Demak, biz o‘rganayotgan 24 ta davlatda umumiy hisobda 757 nafar inson COVID-2019 koronavirusi bilan xastalangan. Ulardan 12 nafari vafot etgan. So‘nggi o‘lim 23-mart kuni Nigeriyada kuzatilgan. 67 yoshli Nigeriya fuqarosi Buyuk Britaniyadan og‘ir ahvolda qaytgan va Nigeriyada vafot etgan.

NCDC

@NCDCgov

Replying to @NCDCgov

Kindly note that NCDC will not be commenting on the management of individual cases.

The management of cases is the responsibility of States and treatment centres and they are doing their best under difficult circumstances.

View image on Twitter

NCDC

@NCDCgov

For a breakdown of cases by states in real time, please see http://covid19.ncdc.gov.ng 

Currently;
Lagos- 25
FCT- 6
Ogun- 2
Ekiti- 1
Oyo- 1
Edo- 1

Total: 36 confirmed cases#COVID19Nigeria

1,845

Twitter Ads info and privacy
1,450 people are talking about this

Vafot etganlarning o‘rtacha yoshi – 65. Ushbu 24 ta davlatda kasallanganlarni chuqurroq o‘rganish orqali yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi xulosaga kelamiz.

Bu davlatlarga kasallik faqat boshqa davlatlardan kelgan fuqarolarda kuzatilyapti va davlat ichida keng tarqalgani yo‘q. Harholda bu ma’lumot ushbu davlatlar bergan hisobotlarda ko‘rsatilgan.

Faqat ikkita davlat – Panama va Kambodjada ichkarida tarqalish holatlari kuzatilgan. Ushbu davlatlarni bog‘lab turuvchi umumiy bir jihat havoning solishtirma namligidir. Ayni damda Panamada ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 80–81 foizni tashkil qilsa, Kambodjada 70 foiz qayd etildi. Mutaxassislarning fikricha, havoning yuqori solishtirma namligi viruslar uchun qulay muhit hisoblanadi. Namlik pasayib, havo quruqlashgan sari viruslarga muhit ancha qiyinlashadi. Shunga qaramasdan, Kambodjada yanada ko‘proq odam kasallanishi mumkin edi. Chunki Kambodjada chegaralarni yopishga shoshilmadi va kamida tinch okeanida qolib ketgan va bortida kasallanganlar borligi aniqlangan Westerdam kruizini o‘z portiga kiritdi. Kambodja chegaralari Janubi-Sharqiy Osiyoda virus avjiga chiqqanda ham yopilmadi. Ilk harakatlar faqat 8-mart kuni muhokamaga qo‘yildi. Umuman Kambodjada yuqori ob-havo harorati ijobiy rol o‘ynagani ta’kidlanyapti.

Ob-havo harorati nega muhim?

Virus odam organizmidan boshqa odam organizmiga tashqi tranzit muhit orqali o‘tadi. Ushbu tranzit muhitning virus ko‘chib yurishi uchun qulaylik darajasi bilan uning tarqalish darajasi o‘zaro to‘g‘ri proporsional. Ya’ni tranzit muhit virus uchun qulay bo‘lsa, u bir odamdan ikkinchi odamga oson yuqadi. Aksincha, o‘sha muhitda uning yashab qolish davri qisqa bo‘lsa, virus tarqalishi ham qisqaradi. Havo orqali ko‘chib yurishda yoki biror-bir buyum ustida virus yashab qolishiga havo harorati bevosita ta’sir qiladi va uning yashash davrini ma’lum miqdorga qisqartiradi.

Aytishingiz mumkin, ayni damda yuqori ob-havo haroratiga ega bo‘lib turgan davlatlarda insonlar harakati va qatnovlar Xitoy, Yevropa va AQSh kabi yuqori emas deb. Siz mutlaqo haq bo‘lasiz. COVID-2019 koronavirusini yengishning eng birinchi qadami – karantin. Qatnovlar va harakatchanlikni cheklash lozim. Balki rivojlangan davlatlar epidemiyaning ilk damlarida insonlar harakati va qatnovlarni jadvalda ko‘rsatilgan davlatlar darajasiga tushira olganida jarayon osonroq kecharmidi. Nima bo‘lganda ham, ob-havo isishini uyda o‘tirgan holda kutishda davom etamiz.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

15 комментариев к “Issiq harorat koronavirusni o‘ldiradimi?”

  1. Уведомление: บาคาร่า ขั้นต่ำ 5 บาท

  2. Уведомление: Chaturbate Model Banned Me For No Reason

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: best mushroom hunting in ohio​

  6. Уведомление: maxbet

  7. Уведомление: เงินด่วน

  8. Уведомление: define passive income

  9. Уведомление: เอสบีโอเบท

  10. Уведомление: pour plus d'informations

  11. Уведомление: buy stoeger guns

  12. Уведомление: First 2023 Larceny, Elijah Craig Barrel Proof Bourbons Arrive

  13. Уведомление: mm88

  14. Уведомление: รักษาหนองใน

  15. Уведомление: Where to order Albino penis Envy Queensland.

Комментарии закрыты.