Itsenko-Kushing sindromi

DO`STLARGA ULASHING:

Itsenko-Kushing sindromi

Erkaklarga nisbatan ayollarda 3-4marta ko’proq uchrab, 80-90% hollarda xavfli arterial gipertenziya bilan kechadi. Bemorlarning 1/3qismida kasallik buyrak usti bezi po’stloq qismining birlamchi adenomasi (yoki karsinomasi) bilan bog’liq. Ba’zan esa uzoq middat glyukokortikoidlar qabul qilgan bemorlarda kuzatiladi.

Klinik belgilari:
◾️Arterial gipertenziya;
◾️Semirish va giperglikemiyaning bir vaqtda rivojlanishi;
◾️Steroidli qandli diabet;
◾️yuzning qizil rangda va oysimon bo’lishi;
◾️oyoqlar ingichka bo’lgan holda ko’krak, bo’yin, qorinning kattalashishi;
◾️qorinda, sonlarda, yelka kamari sohasida to’q qizil-binafsha rangli hoshiyalar — teri ostida qon quyilishlarining paydo bo’lishi;
◾️teleangioektaziyalar (asosan bilakning yoziluvchi yuzasida);
◾️jinsiy faoliyatning buzilishi;
◾️soch qoplami buzilishi;
◾️patologik shishlar;
◾️terining quruqligi, huznbuzarliligi, tirnoqlar distrofiyasi;
◾️diffuz osteoporoz

Batafsil : www.tibbiyot.info

Оставьте комментарий