Izzat Sulton (1910–2001)

DO`STLARGA ULASHING:

Yirik adabiyotshunos, isteʼdodli dramaturg Izzat Sulton 1910 yilda Oʻsh shahrida tugʻildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga oʻqishga keladi. Avval “Namuna” ish maktabi, soʻngra taʼlim-tarbiya texnikumida oʻqiydi. Texnikumni tamomlagach, maktablarda oʻqituvchilik qiladi.
Izzat Sulton 1930 yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida oʻqiydi. Samarqand shahrida chiqadigan “Batrak” gazetasi tahririyatida masʼul kotib boʻlib ishlaydi. 1934 yili Til va adabiyot instituti aspiranturasiga kirib, uni 1937 yilda tamomlaydi.
1943–1948 yillarda rahbarlik lavozimlarida xizmat qiladi. 1948 yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida xizmat keldi.
1932 yildan boshlab vaqtli matbuotda adabiyotshunoslikka oid maqolalarini eʼlon qilib kelgan Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” darsligini yaratadi. Tadqiqotchining ulugʻ oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan qator asarlari alohida ahamiyatga ega.
U keng qamrovli olim, adabiyotshunos sifatida xalq ogʻzaki ijodi, mumtoz adabiyot, zamonaviy adabiy jarayon, qardosh va jahon adabiyoti, adabiyot nazariyasiga oid oʻnlab yetuk asarlar muallifidir.
Izzat Sulton badiiy adabiyot sohasida ham barakali ijod qilgan. “Nomaʼlum kishi” dramatik asari yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jihatidan muhimdir. Uygʻun bilan hamkorlikda yozgan “Alisher Navoiy” (1941) dramasi oʻzbek dramaturgiyasining yutuqlaridan biri boʻlib qoldi. “Navoiyning qalb daftari” asari adabiyotshgunoslikda sezilarli voqea boʻldi.
“Imon” (1960), “Qaqnus”, “Yangi odamlar” dramalarida maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar haqida bahs yuritiladi. “Fidoyi” (1966) asarida zarofat bilan xurofot oʻrtasidagi kurashda ezgulikning qudratli kuch ekanini koʻrsatib beradi. “Koʻrmayin bosdim tikanni”, “Donishmandning yoshligi”, “Abdulla Qodiriyning oʻtkan kunlar”i, “Oydin kecha asirligida” asarlari uning ijodida muhim oʻrin egalladi.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va sanʼat arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati Izzat Sulton badiiy ijod sohasida ham oʻzidan salmoqli iz qoldirgan adabiyotshunos olimdir.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

21 комментарий к “Izzat Sulton (1910–2001)”

  1. Уведомление: trends in devops

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: Malmo escorts

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: citodon verkningstid

  7. Уведомление: เงินกู้ มีนบุรี

  8. Уведомление: screenshot blocker

  9. Уведомление: maxbet

  10. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  11. Уведомление: sbobet

  12. Уведомление: sanal sunucu

  13. Уведомление: cbd extract

  14. Уведомление: here

  15. Уведомление: where to buy shroom chocolates near me

  16. Уведомление: explanation

  17. Уведомление: Study in Africa

  18. Уведомление: Best universities in Africa

  19. Уведомление: sci-diyala

  20. Уведомление: รับทำเว็บไซต์ WordPress

  21. Уведомление: Conventional Tank Water Heater Repair Plumbers Near Me

Комментарии закрыты.