Janjalkash boʻri oilasi (qisqa ertak)

DO`STLARGA ULASHING:

Janjalkash boʻri oilasi (qisqa ertak)
????????
Bor ekanda yoʻq ekan, och ekanda toʻq ekan, boʻri bakovul, tulki yasovul boʻlgan zamonlarda, Boʻri va u bilan birga oilasi yashar ekan. Ota boʻri har kuni ovga chiqar, gohida ona boʻrini yordamga chaqirar ekan. Ular katta — katta yilqilarni ovlab uyga olib borishar, bolalarini qornini toʻydirishar ekanlar. Ota-onalari bundan xursand boʻlib, ularni kuzatishar, baxtlaridan mamnun ekanlar.
— Qaragin-a, bolalarimizni, juda shoʻx-a, — der ekan ota boʻri.
— Ha shunday, — unga erkalanib javob berarkan ona Boʻri.
Shu oʻrmonda yana bir Boʻrilar oilasi bor ekan.Ular janjalkash ekan.Urushib qolishib kecha-yu, kunduz uvillashar, qarindosh urugʻlarini chaqirib, taraf — taraf janjal qilishar ekanlar. Oʻrmonda ularni deb tinchlik yoʻq ekan.Urush janjallar oʻrmondagi boshqa boʻrilarni, qolaversa oʻrmonda yashaydigan boshqa hayvonlarni oʻylantirib qoʻyibdi.
-Bu masalani birgalikda hal etishimiz lozim. Bu oilani tartibga chaqirmasak boʻlmaydi.-debdi mahalla boshligʻi Koʻk Boʻri.
-Ha, bularning kelishmovchiligi boshqa yosh oilalarga ham yomon taʼsir etishi mumkin. Bu yerda yangi oila qurganlar koʻp. Ularga oʻrnak boʻlish oʻrniga bu holatlari yaxshi emas, -deyishibdi ular.
-Oʻrmon chekkasida oqsoqqol namunali boʻri oilasi bor. Ularga borib, maslahatlashaylik. Bu yoʻlda bizga yordam qilishlari mumkindir, -debdi bir boʻri.
-Yaxshi, unda shunday qilamiz.Boʻrilar maslahatlashib, oʻrmon chetida yashaydigan namunali boʻrilar oilasi yashayotgan tominga yurushibdi. Uylariga yaqin qolgach, ikkita boʻrini oqsoqol boʻri yoniga yuborishibdi.
Boʻrilar galasini ular tomonga kelayotganini koʻrgan urushqoq boʻrilar oilasi nima gap «ekan», -deb ularga hayron boqib qolibdilar.
Koʻk boʻri ularga nima maqsadda kelishganini ayta olmay qolibdi.Janjal qilish har kungi odatiga aynalgan urushqoq boʻrilar,ularga qarab hujumga oʻtibdilar:
-Bizning qoʻrgʻonga nega keldinggiz,-debdi vajohat bilan ota Boʻri. Sizlarga kim ruxsat berdi!
U shunday deb boʻrilar galasiga tashlanibdi.Bir oʻzi hammasiga bas kelaveribdi.Ammo, charchab qolibdi.Bir chekkada turgan ona Boʻri tezda yordamga kelibdi. Soʻng esa bolalari!
Ularni tinchitaman deb kelgan boʻrilar galasi orqaga qarab qochibdilar.
— Hech qayeringiz lat yemadimi?- soʻrabdi ona Boʻri, ota Boʻridan!
-Yoʻq raxmat, senga…
-Otajon, oʻzimning otajonim, siz zoʻrsiz, kuchlisiz, biz siz bilan faxrlanamiz!-deyishibdi bolalari otasini quchoqlab.Bolalari oralarini ustilarini changlarini qoqib qoʻyishibdi.
-Yuring, biroz dam oling.-debdi ona Boʻri…
Ular birgalikda oʻtirib choy ichishibdi.Shu shu boʻlibdi-yu, ular xonadonida sira janjal boʻlmaydigan boʻlibdi.
????????
✍️Muallif: Robiya Chaman qizi

Оставьте комментарий