DO`STLARGA ULASHING:
Bolalar uchun qisqa sherlar
Bolalar uchun qisqa sherlar. Bolalar dunyosi – ezgulik, mehr va orzular bilan to‘la go‘zal olamdir. Kichkintoylar uchun yozilgan qisqa she’rlar ularning tasavvurini boyitadi, so‘z boyligini oshiradi va qalblariga iliqlik baxsh etadi. Ushbu bo‘limda siz bolajonlar uchun mos, quvnoq va tarbiyaviy ma’noga ega bo‘lgan turli mavzulardagi qisqa she’rlarni topasiz. Ulardan o‘qib berish yoki yod olish orqali bolaning nutqi, fikrlashi va tilga bo‘lgan muhabbati rivojlanadi.
Keling, she’rlar dunyosiga birgalikda sayohat qilaylik!
Bolalar uchun qisqa sherlar.
Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go’zal his-tuyg’uga to’lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug’ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog’i.
Quyosh haqida.
Quyosh buncha shoshasan,
Bulutlardan oshasan.
Botmay tursang boʼlmasmi?
Yoki onang koʼnmasmi?
Shoshma, bir oz, botmay tur,
«Yotogʼinga» ketmay tur.
Botmay tursang, juda soz,
Oʼynab olaman bir oz.
Soʼngra mayli botsang xam,
Yotogʼinga ketsang xam!…
Bolalar uchun ona tilim haqida she’r.
Ona tilim,
sen onamday
yoqimlisan,
beg‘ubor,
Ona deya
chiqqan tilim,
g‘ururimsan
hamda or.
Sening ila
aytdim elga,
yurakdan
salomimni,
Sening bilan
takrorlagum
bismilloh
kalomimni.
Ota degan
buyuk so‘zning
senla baland
zalvori,
Ajdodlarim
qonidasan
hech to‘kilmas
ohori.
Yurtim ko‘rki
senla go‘zal
tongim kabi
munavvar,
Yorga aytgan
ilk so‘zimning
sening sabab
sehri bor!
Mahobating
ko‘kni tutar
zafarlarga
yo‘llaysan,
Yaratganning
inoyati,
meni o‘zing
qo‘llaysan!
Tariximsan,
bugunimsan,
kelajagim
o‘zingsan,
Boshim uzra
tutgan tug‘im,
tiyran boqqan
ko‘zimsan!
Sport.
Sport mevasi – sog‘liq,
Sog‘liq sportga bog‘liq.
Sen u bilan mashg‘ul bo‘l
Va jahonda mashhur bo‘l.
Bor senda kuch va quvvat,
Yana-da bo‘l baquvvat.
Sport bilan bo‘lsang do‘st,
Bo‘lmas senda kamu ko‘st
Sport mevasi – sog‘liq,
Sog‘liq sportga bog‘liq.
Qish.
Kirib kelar jimgina,
Yomg’ir bilan qor bilan.
Ketishi araz-gina,
To’palon, g’ubor bilan.
Oxir, o’ylab bildim man
Bunday g’alati ishni:
Bizning go’zal Vatandan
Ketgisi kelmas qishni.
Kitobning nolishi.
Bir kuni deng Tolibjon,
Kitobini yirtibdi.
Kitob yiglabdi yum-yum,
Ketaman deb qolibdi.
Kitob ketmoqchi bo’lib,
Derazaga chiqibdi.
Chiqolmasdan dalaga,
Aganabdi tushibdi.
Tolibjon sumkasiga,
Asta kirib olibdi,
Tolibjonni yomonlab,
Juda ham kop nolibdi.
Tolib maktabga bordi,
Tanaffusga yol oldi.
Kitob chiqdi sumkadan,
Boburjon shartta oldi.
Kitob qidirib Tolib,
Topolmadi boyaqish.
Yuzlari ham qizargan,
Kozlari bo’ldi homush.
Bir kun kitobin kordi,
Boburjonning qolida,
Kitobga jild qoyilgan,
Ozodalik yolida.
Kitob yangiga oxshab,
Kulib turgandek goyo.
Tolibjonning koziga,
Quyildi go’yo daryo.
Kitobga u yopishdi,
Mening kitobim deya.
Ikkalasi tortishib,
Kitob yirtildi yana.
Kitobni Tolib oldi,
Varaqlarin yamadi.
Bu ishidan xursand u,
Sira ham charchamadi.
Yulduzcham.
Porla-porla yulduzcham,
Seni ko’rsam ketar g’am.
Osmonning farzandisan
Senda sirlar mujassam.
Sen porlasang yorqinroq,
Mo’jiza ro’y beradi.
Soy bo’yida bir qizcha
Marvarid gul teradi.
Gulning har yaprog’ida,
Sening oltin shulang bor.
Qiz va gul birga bo’lsa
Mo’jizaga barobar.
Ayol.
Baland tog’ cho’qqisin oq qori ayol,
Hayot go’zalligin ruxsori ayol.
Dunyoni bog’ deya atasak bog’ning
Gullari, muattar ifori ayol.
Umrning mazmuni, xitobi ayol,
Zulmatli kunlarning yorug’i ayol.
Taningga madoru, ruxingga quvvat
Nursiz kunlarning ham oftobi ayol.
Sodiq do’st.
Alishaylik, og‘ayni,
Senga beray qayiqni.
Sen-chi menga berasan,
Huv, o‘yinchoq ayiqni.
Og‘ynim-chi, norozi,
So‘zlaydi-yu, kulmaydi:
“Ayiq — do‘stim. Do‘stlarni
Almashtirib bo‘lmaydi”.
Ukajonim.
Mening ukam juda zo’r,
Hozirdanoq o’jar, o’r.
Issiqqina suv ichmas,
Muzdek suvdan voz kechmas.
Ukam kichik bo’lsa ham,
Ajratar turlicha ta’m.
Shirinlikni xo’p sevar,
Nordonni ham yeyverar.
Shirin narsa bersangiz,
Kulib turar ko’zlari.
Nordon yoki achchiqqa,
Burishadi yuzlari.
Men u bilan o’ynayman,
O’ynab-o’ynab to’ymayman.
Mushuk yungin tortadi,
Sho’xliklari ortadi.
Sho’x-shodon kulganda ham,
Qolmaydi xafalik, g’am.
Kulsa uyni yoritar,
Mayuslikni aritar.
Buvim maqtar ukamni:
«U bokschi bo’ladi,
Bir musht bilan tarvuzni,
Teng ikkiga bo’ladi».
Yirtqich.
Oyisiga ergashib
O‘ynab kelgan Tulkicha,
Qo‘shni qari Bo‘riga
Maqtanib qoldi picha:
– Ayiq katta bo‘larkan,
Hech ko‘rmagan ekanman.
Bo‘ri dedi gerdayib:
– Men Ayiqni… yeganman!
– Ko‘rdim xunuk hayvonni,
Qo‘pol-u, chopar «g‘iz-g‘iz».
–Xix-xi,
Tishi uzunmi?
Yeb ko‘rganman, u –To‘ng‘iz.
– Uchrab qoldi dalada
Shoxi o‘tkir bir Taka…
– Be-e, u tayyor o‘lja-ku,
Ta’min totganman, uka.
– So‘ng yo‘liqdi shudgorda
Traktor degan narsa.
Shovqin solib,
Bo‘kirib,
Quvladi bizni rosa.
Bo‘ri dedi:
– Traktor?
Ko‘rmaganman hech uni.
Lekin, uka, sog‘ bo‘lsak,
Yeb ko‘ramiz bir kuni.
Anvar Obidjon.
O’zbekistonim.
Quchog’ingda ulg’aydim
Bahra olib bag’ringdan
Mo’tabar shu tuproqqa
Kindik qonim to’kilgan
Bag’ri kengsan onamdek
Quchog’i keng mehribon
Toleying baland bo’lsin
Yashaylik biz sog’ – omon
Ko’zga surtib tuprog’ing
Aziz bildik doimo
Har qarichi biz uchun
Tarifi yo’q ,bebaho
Farzandingmiz biz seni
Qadring baland tutgaymiz
Jannatmakon bu yurtda
Doim Sen deb yashaymiz
