Janubiy Koreyada uylar ijarasi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Janubiy Koreyada uylar ijarasi qancha?

Koreyada ijara uy narxlari region va uy sharoitlariga bog’liq. Shunga ko’ra eng qimmat uy va binolar Seulning biznes markazlarida joylashgan.

• Koreys uylar asosan qurilishiga kora 3 turga bo’linadi:

1. Shaxsiy xonadon uylar (1-3 qavatli)
2. 3-5 qavatli uylar («Villa»)
3. Ko’p qavatli uylar (10-30 qavatli, «Apati» — Apartment).

• Birinchi va uchinchi kategoriya uylar eng qimmat uylar hisoblanib unda asosan ishli va oilali, daromadi yuqori Koreyslar yashashadi.

• Villalarda esa asosan studentlar, chet elliklar, qariyalar va daromadi kamroq bo’lgan aholi yashaydi.

Uylar ijaraga olinganda ularga oylik to’lovdan tashqari bir martalik kafolat puli (보증금) to’lanadi va u ijara shartnomasi muddati tugagandan so’ng qaytarib olinadi.

💵Studentbop villalarning o’rtacha ijara narxlari:
1 xonali: 250-500$;
2 xonali: 320‐700$;
3 xonali: 400-900$;

Ushbu villalarda kafolat puli(deposit) uy sharoitlariga ko’ra o’rtacha 500-3000$ to’lanadi.

• Ko’p qavatli binolarda ijara haqqi biroz qimmatroq oyiga 1000$ dan qimmat bo’lib, buning asosiy sababi ajoyib sharoitlar va keng, shinam xonalar sabablidir.

• Qiziq tomoni shundaki, Koreyada ba’zi ko’p qavatli uylar ijara talab qilmaydi! Ammo ular yuqorida aytganimiz kabi yuqori qiymatdagi deposit to’lashlari talab qilinadi. Ijara shartnomasi muddatida 200’000 $ dan yuqori deposit to’lansa, uy egasi ijarachidan oylik to’lov talab qilmaydi. Chunki uy egasi ushbu pulni bankga omonatga qo’yib, foiz stavkasidan foyda oladi.
Deylik 100’000 $ deposit qo’yilsa, ijara qiymatiga katta chegirma beriladi.

📄Hujjatlar ijara agentlik ofislari orqali uy egasi va ijarachi ishtirokida rasmiylashtiriladi.

Оставьте комментарий