Kalsiy xlorid ampulasi — kalsiy almashinuvini boshqaradi

DO`STLARGA ULASHING:

💊Kalsiy xlorid ampulasi — kalsiy almashinuvini boshqaradi va allergik xolatlarda qabul qilinadi.

#Kalsiy xlorid ampulasi
#Калций хлорид ампуласи

💊Dori shakli :

Ineksiya uchun eritma — 10 % li dozada 5 ml va 10 ml ampulalarda chiqadi.

💊Tarkibi :

Kalsiy xlorid

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Kalsiy fosfor almashinuvini boshqaradi.

💊Qo’llanilishi

—Allergik kasalliklarda
— Teri toshmalarida
— Angionevrotik shish
— Allergodermatozlarda
— Organizmda kalsiy moddasi kam bo’lganda
— Kalsiy kamligiga bog’liq tetaniyada ( epilepsiya) da.
— Gipoparatireozda
— Organizmda kaliy moddasi ko’payib ketganda
— O’pka tuberkulyozida
— Pnevmoniya , plevritda
— Teri qichish xolatlarida
— Bronxial astmada
— Suyak to’qimasi rivojlanishi uchun
— Qon ivish jarayoni normal bo’lishi uchun.

 

💊 Qabul qilish usuli va dozasi

Vena ichiga yuboriladi yoki osmaga qo’shiladi ( kapelnitsa).Juda sekin yuborish kerak. Mushakka va teri ostiga yuborilmaydi.

💊Nojo’ya ta’siri

—Og’izda va butun tana da issiqlik xissi bo’lishi
— Qon bosimi tushishi
— Aritmiya , bradikardiya
— Ko»ngil aynish
— Yuborilgan joyda og’riq

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Organizmda kalsiy ko’p bo’lganda
— Og’ir buyrak yetishmovchiligida
— Qorincha fibrilyatsiyasida
— Siydik tosh kasalliklarida
— Aterosklerozda
— Trombozda
— Qon bosimi past insonlarga mumkinmas.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkinmas.

💊ESLATMA : Yosh bolalarga yuborish dozasini shifokor bilan maslahatlashing.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek