Kamon qoshlar siri nimada

DO`STLARGA ULASHING:

Qosh chehra go’zalligida asosiy rollardan birini o’ynab, himoyalash vazifasini ham o’taydi. Aynan qosh ko’zlarning ma’nodor va maftunkor ko’rinishida katta ahamiyatga ega. Tartibsiz, siyrak yoki sertuk qosh mukammal pardozni yo’qqa chiqarishi mumkin. Qoshlarga doimiy e’tibor tufayli tekis, qalin va baxmaldek muloyim tusga kirishi mumkin. Buning uchun esa ko’p vaqt va pul talab etilmaydi. Har kuni 15 daqiqa vaqt ajratsangiz, kifoya. Qosh ildizlari uchun to’g’ri tanlangan parvarish usuli ularni mustahkam, elastik va yaltiroq qiladi. Bu parvarishga quyidagilar kiradi:
Tarash, oziqlantirish, uqalash, korrektsiya.
Hozirda do’konlarda qoshlarni parvarishlash uchun turli kosmetik vositalarni uchratish mumkin. Bu borada hamyoningizni bezovta qilishga hojat yo’q. Xalqona usullar yordamida ham qoshlar ideal ko’rinishga kelishi mumkin. Demak, buning uchun sizda turli moylar: chakamug’, zaytun, bodom, shaftoli, makkajo’xori, kanakunjut yoki kungaboqar yog’i bo’lsa, bas.
Qoshni har kuni tarash lozim. Buning uchun maxsus qosh tarog’i yoki qattiqroq cho’tka kerak bo’ladi. Agar sizda bunday vositalar topilmasa, tish cho’tkasi ham mos keladi. Avvaliga qoshni o’sish tartibiga qarama-qarshi tomonga tarash lozim, so’ng esa to’g’ri tomonga. Tarash orqali qoshdagi ortiqcha tuklar va changlardan xalos bo’lasiz. Shu bilan birga qon aylanishi ham yaxshilanadi. Tarab bo’lgach, ular baxmaldek silliq bo’lishi uchun maxsus balzam surtiladi. Balzam o’rniga kanakunjut, chakamug’ yoki zaytun moyi ham mos keladi. Bir necha tomchi moyni cho’tkaga botirib, qoshlarga surting. So’ngra salfetkani qoshlarga engil bosib, ortiqcha yog’ni artib tashlang.
Qoshni qalinlashtiruvchi moyli kompresslar:
Buning uchun 10 ml zaytun va 15 ml kanakunjut moyini olasiz. Ikkisini yaxshilab aralashtirib, dokali tamponga shimdirasiz. So’ngra tamponni qosh ustiga ehtiyotkorlik bilan qo’yasiz. Ushbu mahsulotni quruq va qorong’i joyda uzoq vaqt saqlash mumkin. Har safar ishlatishdan oldin uni chayqatib oling. Bilsangiz, kanakunjut va chakamug’ moyi qoshlarni o’stirib, unga baxmaldek yarqiroqlik bag’ishlaydi.
Dokali tamponni issiq moyga botirib, qoshga qo’ying. So’ng pergament qog’oz olib, qoshlarga bosing va bint bilan boshni aylantirib mustahkam boylang. Ushbu kompressni qoshda o’n besh daqiqa ushlash kerak. So’ngra tonik yordamida moyni artib tashlang. Ushbu kompressga odatda shaftoli, bodom, eryong’oq moyi mos keladi.

Qoshlarni o’stirishda momolarimiz o’smadan unumli foydalanishgan. Chindan ham o’sma qoshlarni qoraytiradi, qalinlashtiradi. Avvaliga o’zidan yashil tus qoldirgan o’sma so’ngra qorayadi. Qoraygan o’sma izlari ancha vaqtgacha qoshlarni bezab turadi. Agar o’sma doimiy surtilsa, qoshlarni qalam bilan bo’yashdan qutulasiz.
Qoshlarni uqalash foydali jarayon. Uqalash orqali ularni o’stirish, charchoqni chiqarish, bosh og’rig’ini to’xtatish, ko’zlardagi horg’inlikni bartaraf etish mumkin. Qo’l barmoqlari bilan qoshning o’sish yo’nalishiga qarab engil uqalang. Vitaminli krem ham qoshlarni oziqlantirishda muhim rol o’ynaydi. Ushbu kremni uqalash orqali singdirish mumkin. Bir tyubik lanolin kremiga 15 tomchi E vitamini va 30 tomchi A vitamini qo’shing. Ushbu vitaminli kremni haftada bir necha marta qoshga surtib, engil harakatlar bilan uqalang.
Qoshni tez o’stirish mumkinmi?
Albatta! Agar qoshlaringiz to’kilib, siyraklashganini sezsangiz, xavotirga tushmang. Ularning o’rnini qayta tiklash mumkin. Buning uchun bodom yog’ini qosh ustiga 10 daqiqaga surtib qo’ying.

21 комментарий к “Kamon qoshlar siri nimada”

  1. Уведомление: legit cvv shop

  2. Уведомление: DevOps consulting company

  3. Уведомление: buy dumps site 2022

  4. Уведомление: สล็อตวอเลท

  5. Уведомление: De quelle manière négocier à nouveau un prêt perso ? - Global créditComment renégocier un prêt à la consommation ? - Global Crédit

  6. Уведомление: nova88

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  9. Уведомление: drug also known as ecstasy crossword,

  10. Уведомление: sbo

  11. Уведомление: เงินด่วน

  12. Уведомление: mp3 juice

  13. Уведомление: sbobet

  14. Уведомление: sportsbet io giriş

  15. Уведомление: dmt for anxiety side effects

  16. Уведомление: Thomas Adewumi University

  17. Уведомление: แจกเครดิตฟรี

  18. Уведомление: แทงบอล

  19. Уведомление: พนันบอลออนไลน์

  20. Уведомление: more helpful hints

  21. Уведомление: jdb เว็บตรง

Комментарии закрыты.