Benzin bilan Dizel farqi nimada ?

DO`STLARGA ULASHING:

Benzin bilan Dizel farqi nimada ?

Xalq tilida solyarka nomi bilan mashxur dizel nega O’zbekistonda benzinga qaraganda kamroq ishlatilishini bilasizmi ? Avvalo keling ikkalasining qanday afzallik va kamchilik tomonlari borligini ko’raylik.

Zichlik. Dizel benzinga qaraganda zichligi baland va o’gir, bu o’z navbatida dizel 1 hajm birligiga ko’ra benzinga qaraganda ko’proq energiya saqlaydi degani. Yoqilg’i ekonomikasi uchun ham dizel yaxshiroq variant.

O’zgaruvchanlik. Benzin dizelga qaraganda uchuvchan va oson bug’lanadi(kondensat) Bu shuni anglatadiki benzin uchun ko’proq sovuq harorat idealdir. Issiq sharoitlarda benzin muddatidan oldin yonishi hisobiga detonatsiyaga sabab bo’ladi ayniqsa O’zbekiston sharoitidagi AI-80 markali benzinda

Quvvat. Dizel bilan jihozlangan mashinalarning aylantiruvchi lahzasi ya’ni tortish kuchi benzindan yaxshiroq. E’tibor bering yuk mashinalari,kemalar, traktorlar asosan dizelda yuradi. Lekin umumiy ot kuchi benzin dvigatellarida ko’proq bu esa tezlanishda ahamiyatga ega.

Servis. Dizel dvigatellari murakkabroq konstruktsiyasi va yuqori siqish(kompress) nisbati tufayli benzinli dvigatellarga qaraganda qimmatroq bo’ladi.

P.S norasmiy «солярка» atamasi Ruslarda uning sarg’ish rangi va quyosh o’rtasida bog’liqlik borligi uchun «солнцевое топливо» yoki «солнечное масло» deyilgan

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий