Kesma lag’mon tayyorlash resepti

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli masalliqlar:

Qayla uchun:

1. Go’sht — 0.5 kg.
2. Bulg’or qalampiri (qizil) — 2 dona
3. Bulg’or qalampiri (yashil) — 2 dona
4. Koreys karami yaproqlari — 0,5 kg.
5. Koreys turupi — 1 dona
6. Qizil sabzi — 1 dona
7. Kabachki — 1 dona
8. Pomidor — 2 dona
9. Piyo0 — 2 dona
10. Sarimsoq piyoz — 5-6 bo’lakcha
11. Ko’kat (sel’dr) — 1 bog’
12. Soya sousi — 2 osh qoshiq.

Kesma lag'mon tayyorlash resepti
Kesma lag’mon tayyorlash resepti

Hamir uchun:

1. Un — 4-5 stakan
2. Tuhum — 2 dona
3. Nomokob suv — 1 kosa.

Qayla tayyorlanishi:

Qozonga 1 cho’mich yog’ solinadi. Yog’ qizigach, to’g’ralgan piyoz solib, qizargunicha qovuriladi. So’ng, yirik somoncha shaklida to’g’ralgan go’sht solinadi. Go’sht biroz qovurilgach, ustiga to’g’ralgan pomidor solinadi va qovurishda davom etiladi.

Pomidor ezilib, yo’q bo’lgach, 1 kosa suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytirilib, go’sht pishgunicha qaynatilinadi. Solingan 1 kosa suv kamayib, qovurish xoliga etganida, olov balandlatiladi. Va, yirik to’g’ralgan barcha masalliqlar ketma-ket solinib, qovurishda davom etiladi.

5-7 daqiqadan so’ng, soya, tuz, yanchilgan achchiq qizil qalampir ta’bga ko’ra solinadi. So’ng, masalliqlar ko’milgunicha suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytiriladi va 15-20 daqiqa qaynatilinadi.

Hamir tayyorlanishi:

Un ustiga 2 ta tuhum va sho’r suv solinib, qattiq hamir qoriladi. Hamir uzoq mushtlanib, tindiriladi.
Tingan hamir yoyiladi. Ustiga un sepib, shu xolida 5-10 daqiqaga qoldiriladi. Yoyilgan hamir biroz qotgach, uni tahlanadi va kerakli qalinlikda hamirni kesib chiqiladi. Kesilgan hamir barmoqlar yordamida titib yuboriladi. Va bu hamir qaynayotgan sho’r suvda pishiriladi.

Iste’mol qilish:

Avval idishga pishgan hamir solinadi. So’ng ustiga qayla solinib, to’g’ralgan ko’kat va oq piyoz bilan bezatilib, dasturhonga tortiladi.

Yoqimli ishtaxa!

11 комментариев к “Kesma lag’mon tayyorlash resepti”

  1. Уведомление: Live Sex Show Hull

  2. Уведомление: replica diamond watches for men

  3. Уведомление: daily microdosing psilocybin mushrooms​

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: fresh cvv shop

  6. Уведомление: nova88

  7. Уведомление: 토토굿게임

  8. Уведомление: buy sig sauer guns

  9. Уведомление: find this

  10. Уведомление: บอลยูโร 2024

  11. Уведомление: additional hints

Комментарии закрыты.