Kimlarga kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar ajratiladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Kimlarga kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar ajratiladi?
Davlat tomonidan oylik uy-joy kommunal xizmatlari haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari quyidagi shaxslarga ajratiladi.
Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50%:
1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga beriladi.
Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45%:
1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava » ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
Fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan maxbuslari;
Leningrad shaxri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
Ko‘rish qobilyati bo‘yicha 1- guruh nogironlari;
Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
Yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shasxlarga ajratiladi.
Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25%:
1941-1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilariga taqdim etiladi.
Ushbu kompensatsiya pullari ish haq, pensiyalar va nafaqa to‘lanadigan muddatlarda beriladi.

Оставьте комментарий