Elektr energiyasini tejaydiganlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?

DO`STLARGA ULASHING:

Elektr energiyasini tejaydiganlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?

O’zbekistonda quyosh elektr stansiyasini o’z hisobidan to’liq o’rnatadigan shaxslar kompensatsiya olishlari (https://lex.uz/pdfs/6972633) mumkin.

?Quyosh yoki shamol elektr stantsiyasini o’rnatish uchun kompensatsiya o’rnatilgan quvvatga bog’liq:

➖0,5 kVtdan 1 kVtgacha-7 BHM (2,380 mln so’m);
➖1 kVt dan 1,5 kVt gacha-10 BHM (3,400 mln so’m);
➖1,5 kVtdan 2 kVtgacha-15 BHM (5,100 mln so’m);
➖2 kVt va undan yuqori quvvatga ega qurilmalar uchun 20 BHM (6,800 mln so’m);
➖5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar (17 mln so‘m).

?Shuningdek, iste’molchiga eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirganlik uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi, bunda chegirmali tarifda hisob-kitob qilinadigan elektr energiyasining miqdori iqtisod qilingan energiya hajmiga teng bo‘ladi.

Оставьте комментарий