Kinna soldirish

DO`STLARGA ULASHING:

Kinna soldirish

Dinimizda yosh bolalarga kinna soldirish mumkinmi? «Ko‘z tegibdi, ixlanib ketibdi» degan so‘zlarni ko‘p eshitamiz. Tanglay ko‘tarish-chi? U qanchalik to‘g‘ri?

Javob:
Bismillahir rohmanir rohiym. Dinimizda kinna solish yo‘q, lekin dam solish bor.
Asmo bint Umays roziyallohu anho:
«Ey Allohning Rasuli, Ja’farning bolalariga birpasda ko‘z tegib qolaveradi. Ularga dam soldirib yuboraymi?» dedi. U zot:
«Ha, agar biror narsa qadardan o‘tuvchi bo‘lsa, ko‘z tegishi o‘tar edi», dedilar».
Tanglay ko‘tarish – sunnat amal. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yosh bolalarning tanglayini xurmo bilan ko‘targanlar.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zubayrning uyida chiroq ko‘rdilar va:
«Ey Oisha! Asmo nifos ko‘rganga o‘xshaydi. Unga ism qo‘ymay turinglar. Men o‘zim ism qo‘yaman», dedilar.
So‘ng u zot unga Abdulloh deb ism qo‘ydilar va qo‘llari bilan xurmoda tanglayini ko‘tardilar».
Termiziy rivoyat qilgan.

Vallohu a’lam.

Odinaxon Muhammad Sodiq

Оставьте комментарий