Kitob mening dustimsan

DO`STLARGA ULASHING:

Kitob mening dustimsan

Sanasangiz bir ikki uch
Turlarim juda ko’p
Bo’lsangiz bilimga o’ch
Mendan olasiz kuch.

Ichimda to’la sehr
Bilmaganiz o’rgataman.
Sizga berib bor mehr
Do’st bayrog’in o’rnataman

Qo’yma meni qulingdan
Adashmaysan yulingdan
Kitobman seni dusting
To’g’rilayman kam ko’sting.

Daraxtdan yaralganman
Quyoshdan nur olganman
Nur taratmoq vazifam
Rang barangdir sahifam.

Yirtma meni varag’m
Og’riydi hamma yog’im
Yolg’izlatma iltimos
O’qigin har kun oz oz.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий