KOʻKRAK UCHI YORILISHI SABABLARI

DO`STLARGA ULASHING:

🤱🏻KOʻKRAK UCHI YORILISHI SABABLARI
Ko’krak uchi terisi juda nozik, emizish vaqtida u noodatiy bo’lgan kuchli ta’sirga duch keladi. Chaqaloq milki yetarlicha qattiq bo’ladi, tug’ruqdan keyin esa uni keyingi bir necha kun ichida kuniga kamida 10 marta ko’krakka qo’yishga to’g’ri keladi. Bunday holda yoriqlar paydo bo’lishi ajablanarli emas.
Teri qoplamasi keyinchakik asta-sekin qalinlashib, shikastlanish xavfi kamayadi, noqulaylik yo’qoladi. Boshqacha qilib aytganda, emizish paytida ko’krak uchi yorilishi chaqaloq hayotining dastlabki kunlarida keng tarqalgan muammo hisoblanadi.
Yorilishni chaqiradigan bir qator omillar mavjud:
👉Bolani ko’krakka noto’g’ri qo’yish. Bola og’zi so’rgich va areolani to’liq qamrashi kerak. Bunday holda, so’rish paytida hosil bo’ladigan kuch teng taqsimlanadi va sut bola og’ziga bemalol kiradi. Agar chaqaloq faqat ko’krak uchini qamrasa, sut ko’krakdan ajralib chiqishi qiyinlashadi, buning oqibatida bola bu sohani yana ko’proq qisib, torta boshlaydi. Bu ko’krak terisini shikastlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, sut ko’krakda qoladi, dimlanish (laktostaz) hosil bo’ladi, bu esa yallig’lanish — mastit kasalligini keltirib chiqarishi mumkin;
👉Ko’krak uchining noto’g’ri shakldaligi. So’rgich yassi yoki ichkariga tortilgan holatda bo’lsa, bola uni to’g’ri ushlashi qiyinroq bo’ladi va bu shikastlanish va yorilish ehtimolini oshiradi;
👉Bolani sutdan noto’g’ri ajratish. Agar bola emayotgan paytda uni ko’krakdan ajratishga harakat qilinsa, u instinktiv ravishda ko’krak uchini yanada qattiqroq qisib oladi va uning terisini shikastlaydi. Bolani o’zi bo’sh qo’yganidan keyingina ko’krakdan olish mumkin;
👉Uzoq muddat emishi. Emizish 30 daqiqadan ko’proq davom etmasligi kerak — bu vaqtga kelib sut bezlarida sut qolmaydi, lekin chaqaloq ko’krakni shikastlashda davom etadi. Agar chaqaloq ko’krakni mahkam ushlagan bo’lsa, uni bo’shashtirish uchun og’zining yon tomoniga toza barmoqni kiritish yordam beradi;
👉Noto’g’ri sog’ish. Sutni oldindan sog’ib qo’yishda uni qo’l bilan haddan tashqari kuchli siqish yoki pompalardan foydalanish yoriqlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin;
👉Aralash oziqlantirish. Agar chaqaloq goh ko’krak suti bilan, goh esa idishdan sun’iy aralashmalar bilan oziqlantirilsa, bolaning sutni ko’krakdan qay kuch bilan tortish kerakligi sozlamalari «buzilib qoladi». Shu sababli, emish vaqtida u haddan haddan tashqari ko’p bosim hosil qilishi mumkin. Bundan tashqari, sun’iy so’rgichdan va ko’kradan so’rib olish «texnikasi» har xil, shuning uchun aralash oziqlantirish ba’zida bola ko’krak uchini noto’g’ri tutishiga sabab bo’ladi;
👉Haddan tashqari gigiena. Sovundan tez-tez foydalanish terini himoya qiluvchi suv-lipid qatlamini buzadi. Natijada teri quriydi va unda yoriqlar paydo bo’lishi mumkin. pH neytral bo’lgan vositalardan kuniga ikki martagacha foydalanish tavsiya etiladi. Gigiena vositalari tarkibiga e’tibor berish juda muhim: barcha tarkibiy qismlar chaqaloq uchun xavfsiz bo’lishi kerak. Spirtli eritmalardan foydalanish qat’iyan man etiladi — ular terini quritib, lipid qatlamini yo’q qiladi;
👉Vitamin va minerallar yetishmasligi. Homiladorlik paytida ayol tanasi homilaga kerakli foydali moddalarni yetkazib beradi, tug’ruqdan keyin esa ko’pincha kerakli elementlar yetishmovchiligini boshdan kechiradi. Gipovitaminoz, mikroelementlarning yetishmasligi terining elastikligi va himoya xususiyatlarining pasayishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida ayollar ko’krak uchlarida yoriqlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi;
👉Bolada og’iz bo’shlig’i shilliq qavatida molochnitsa. Agar bolaning og’zida Candida albicanszamburug’lari tomonidan chaqirilgan oqimtir karash hosil bo’lsa, bolani har safar emizishda bu mikroblar ko’krak terisi ular bilan aloqa qilishini anglatadi.

Оставьте комментарий