Koka kolada liksir moddasi bor

DO`STLARGA ULASHING:

Koka  kola  ichimligi  1885 yil  Jon  Stis  Pemberton  tomonidan  Amerikaning  Jorjiya  shtatida  ixtiro  qilingan. Dastlab  u  “kokavine”, ya’ni kokavino  deb  atalgan. Kola  ichimligi Janubiy  Amerikadan  keltirilgan koka  bargi va yong‘og‘i hamda kafein qo‘shib tayyorlangan. Shu  bois ham Pemberton ichimlikka “koka kola” deya  nom bergan.
Tarkibida hech  qanday alkogol modda aralashtirilmagan koka  kola ichimligi birinchi  marta sotuvga  chiqqanida, uning  narxi  0,05 dollar edi. Koka  kolaning bir  stakanida  9 milligramm  miqdorida  kokain  moddasi  ham  mavjud  edi.

Dastlabki  paytlarda  koka  kola  ichimligi  tanqid  ostiga  olingan. Chunki  kichkintoy  bolalar  bora-bora  usiz  turolmaydigan  bo‘lib  qolishdi. Bu  esa  sog‘lom  tishlarga  katta  zarar  edi. Biroq uning  tarkibidagi  kafein  va  kokain odam  asabiga  eng  yaxshi  “dori” ham edi.

Endi koka kolaning ayrim zararli  jihatlari xususida. Ichimlikni ko‘p  iste’mol  qiladigan  insonlar  keyinchalik  usiz  turolmaydi. Ko‘proq  miyaga  o‘z  ta’sir  kuchini  o‘tkazadigan ichimlik kishining fikrlash  quvvatini susaytirishi mumkin.

Kolaning  rangi  qora ekani sababi unga shakar  eritmasi va  likris o‘ti bilan rang beriladi. Unga  ko‘p miqdorda kimyoviy moddalar qo‘shiladi.

Dastlab koka  kola idishi yuqoridagi ko‘rinishda, ya’ni tuxumsimon shaklda bo‘lgan. Ushbu shakl 1920  yilda  Din  tomonidan yaratilgan. Hozirgi  kunda esa butun dunyoda ichimlikning oddiy ko‘rinishdagi idishi tarqalgan.

Lekin nima bo‘lganda ham er yuzida bu ichimlikning mijozlari kundan kunga ortib bormoqda.

Nigora G‘oyibova
Ziyouz.com

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek