Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 2022 o‘tish vaqti aniq bo‘ldi

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
📆 2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 3 oktabrdan 8 oktabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:
1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 gacha;
2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 gacha bo‘lib o‘tadi.
📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fandan o‘tkaziladi.
❗️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar quyidagilar:
➖ ona tili;
➖ matematika;
➖ O‘zbekiston tarixi.
📝 Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.
🕐 Testlarni yechish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:
➖ 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
➖ 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
➖ majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.
👨🏻‍💻 Talabgorlar ruxsatnomani DTMning my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Оставьте комментарий