KONSTITUTSIYA – UMUMINSONIY QADRYATLARIMIZ TIMSOLI

DO`STLARGA ULASHING:

Insonlar kishilik jamiyati vujudga kelgandan buyon, ma’lum qonun-qoidalar  va nizomlar asosida yashab kelmoqda. Chunki, har qanday jamiyatda inson qonun-qoidalar, burch va majburiyatlar, huquq va erkinliklar asosida yashamas ekan, unday jamiyat va davlatda parokandalik yuzaga kelishi muqarrardir.
Har bir mustaqil davlat vujudga kelar ekan, albatta, uning davlat ramzlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shunday ramzlardan biri “Konstitutsiya”dir. Yurtimiz ham mustaqillikka erishganidan so’ng tez fursatda o’z konstitutsiyasiga ega bo’ldi.
Taniqli huquqshunos, siyosatchi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Toshkent Oliy Ma’hadi talabalari bilan bo’lib o’tgan davra suhbatida: “Biz Konstitutsiyani tuzishda asosan uch tamoyilga:
1)  milliy davlatchiligimizdagi tarixiy qomuslarga;
2)  rivojlangan davlatlarning  ikki yuzdan ortiq konstitutsiyalariga;
3) umuminsoniy qadriyatlar va milliy an’analarimizga asoslangan holda ishlab chiqdik.
Mazkur konstitutsiyani ishlab chiqishda ikki yildan ortiq vaqt mobaynida mashaqqatli mehnat  qilindi. Xalqning fikr mulohazasi o’rganildi, yurtimizning keng ziyoli qatlami bilan fikr almashildi. Ayniqsa, Konstitutsiyamizdagi qonunlarni ishlab chiqishda Respublikamizning Birinchi Prezidenti, marhum I.A. Karimovning xizmatlari beqiyosdir!..”
Darhaqiqat, Bosh Qomusimiz ancha puxta va mukammalroq tuzilganligini bugungi kunda ko’plab xalqaro siyosatchi va huquqshunoslar tomonidan tan olinayotgani va umumbashariy meyyo’rlarga mos, va bugungi kunimiz bilan hamnafas ekanligini e’tirof etayotgani quvonarlidir.
Bosh qomusimiz davlatda qonun ustuvorligini va mamlakatda yashayotgan har bir fuqaro dinidan, irqidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, qonun oldida teng huquqli ekanini belgilovchi asosiy mezondir. Konstitutsiyamiz nafaqat umuminsoniy qadryatlarni o’z ichiga olgan, balki, asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy qadryatlarimizga ham to’la muvofiqdir. Masalan, biz O’zbek millatida oila eng muqaddas dargoh bo’lib kelgan. Shuni inobatga olib, hatto Bosh Qomusimining butun bir bobi, ya’ni, XIV bobi oilaga bag’ishlangan. Makur bobning yana bir moddasiga e’tiboringizni qaratmoqchiman! Konstitutsiyamizning  66-moddasida shunday deyilgan:
“Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar”.
 Bizning qonunchiligimizda bo’lgani kabi boshqa mamlakatlar konstitutsiyalarida ham “Ota-onalar o’z farzandlariga g’amxo’rlik qilishi” belgilab qo’yilgan, ammo keksayib qolgan ota-onalarga farzandni g’amxo’rlik qilishi majburiyligi boshqa qaysi konstitutsiyada bor?! Haqiqatan bunday qonunlarni kiritishdan avval puxta o’ylangani, yeti o’lchab bir kesilganini bugungi kunimiz aytib turibdi.
Kezi kelganda shuni aytish o’rinlidir! Inson tafakkuri va izlanishi natijasida tadbiq etilgan har qanday qonun va nizomlar vaqt o’tishi bilan o’zgartirib borishga, xizmatini o’tab bo’lgan qonun-qoidalar bekor qilinib ularning o’rniga hozirda jamiyatimizga zarur bo’lgan yangidan yangi qonun-qoidalar bilan to’ldirib borishga muhtojdir. Konstitutsiyamizga bir necha bor o’zgarish va qo’shimchalar kiritilgani ham bunga yorqin misol bo’la oladi
             TII 2-B kurs talabasi
Mansurov Musoxon

Оставьте комментарий