Koronavirus yengil kechishining qanday belgilari mavjud?

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva koronavirus infeksiyasi borasida aholidan tushgan savollarga javob berdi:
— Qanday klinik ko‘rinishlar kovidning yengil kechishi ko‘rinishiga mansub?
— Tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi (ba’zi hollarda ko‘tarilmasligi ham mumkin);
— holsizlik;
— yo‘tal;
— burun oqishi;
— tomoq og‘rishi,
— ko‘ngil aynishi,
— ich ketishi,
— suyak va mushaklarning qaqshab og‘rishi,
— bosh og‘rig‘i,
— ta’m va hid bilmaslik kabi simptomlar kiradi.
sof.uz

Оставьте комментарий