DO`STLARGA ULASHING:
ICEning qanaqa konfiguratsiyalari mavjud ?
ICE — internal combustion engine yoki ichki yonuv dvigateli
ICE lar ham tuzilishiga ko’ra har xil bo’ladi. Konfiguratsiyaning tipiga qarab mashinaning umumiy ot kuchi , aylantiruvchi momentlari belgilanadi. Ba’zi bir konfiguratsiyalarni ishlab chiqarish xarajatlari qimmat bo’lgani uchun Zavodlar ko’pincha bunday muammolarni chetlab o’tishga harakat qilishadi. Quyida e’tiboringizga ba’zi bir ICE dvigatel konfiguratsiyalarini taqdim etaman:
? Inline(to’g’ri) tirsakli valvbo’ylab bir qatorda joylashgan silindrlar. Umumiy variantlar qatoriga inline-3, inline-4, inline-5 va inline-6 kabi konfiguratsiyalar kiradi
? V-type. «V» shaklini hosil qiluvchi burchak ostida ikki qatorda joylashgan silindrlar. Umumiy variantlarga V6, V8, V10 va V12 kiradi.
? W-type. «W» yoki «X» shaklini tashkil etuvchi uch yoki to’rtta qatorda joylashgan silindrlar. Masalan, W12 va W16.
? Flat(gorizontal qarama-qarshi) silindrlar tirsakli val har ikki tomonida xuddi bokschining mushtlari kabi ikkita qatorida joylashgan. Umumiy variantlar orasida flat-4 va flat-6 va hokazo
Boshqa omillar: silindrlar ofseti, krankpin konfiguratsiyasi va sovutish tizimining arxitekturasi kabi qo’shimcha elementlar dvigatel konfiguratsiyasini yanada farqlashi mumkin.
@Avtomexanik_07