DO`STLARGA ULASHING:
Har bir ayol, chiroyli pardozni nafaqat «Go’zallik saloni»da, balki uyida ham bajarishni istaydi. Shunday pardozlardan biri — bu ko’z pardozi bo’lib, uni to’g’ri tanlash va bajarish ko’p go’zallarning eng katta muammosi bo’lib kelgan. Quyidagi tavsiyalar shunday muammolarni bartaraf etishda sizga ko’maklashadi degan umiddamiz.
Ko’zlarni kattaroq ko’rsatish uchun.
-
Ko’zlar pardozi uchun foydalaniladigan asosiy «hiyla»lardan biri bu – ko’zlarni kattaroq ko’rsatishga urinish. Buning uchun 2 xil rangli va 2 xil «tabiat»li tenlardan foydalaniladi: yorin va to’q ranglar uyg’unligi. Yorqin ranglar ko’zlarning ichki burchagini, to’q ranglar esa ko’zlarning tashqi burchagini bo’yashda ishlatilinadi. Bu usuldan to’g’ri foydalanganda kutilgan natijaga erishish osonlashadi.
-
Ko’z chegaralarini aniq qilib podvodka bilan chizish yaramaydi. Qosh ostidan boshlab eng yorqin rangdagi tenlarni surtish lozim. Pastga tomon harakat ochdan to’q rangga o’rin almasha boradi. Eng to’q ranglar ko’zlarning tashqi burchaklariga suriladi.
-
Yorqin rangdagi tenlarni perlamutrli yoki yorug’likda yaqqol ko’zga tashlanishiga e’tibor bering. Chunki, aynan shunday tenlar ko’zlarni kattaroq qilishda muhim ahamiyatga ega. Qalam yoki podvodka ko’zlar konturidan biroz yuqori qismidan chiziladi. Chizishda kontur ichki burchakdan tashki burchakka tomon yoyilib borishi shart.
Tushdan to’g’ri foydalaning!
-
Pardoz ideal ko’rinishda bo’lishi uchun avvalo, tushdan to’g’ri foydalanishni bilish lozim. Tush yordamida kipriklarni bo’yash jarayonida quyidagi xatoliklarga yo’l qo’ymang.
-
Tush qanchalik qalin surtilsa, kipriklar shunchalik «siqilgan» bosim ostida turgandek ko’rinadi. Vaqt o’tishi bilan u eriydi, «sirg’alib» tushadi yoki «to’kilib ketadi». Natijada, ko’z ostida qora halqalar hosil bo’ladi. Yodingizda bo’lsin, kipriklarga faqat 2 qavat qilib tush surish kifoya.
-
Tush tyubigini tez-tez ochib yopganda tyubik ichiga kirib qolgan havo undagi bo’yoq massasining namligini yo’qotib, tushni quritadi. Bunday tush kiprikka surilganda, qumoqchalarga ajralib, xunuk ko’rinadi. Tush cho’tkasiga bo’yoq yaxshi shimilishini istasangiz, tez-tez ochib-yopishdan vos keching.
-
Bitta tushdan uzoq vaqt foydalanish, kipriklarda, ko’z va qovoq terisida qichishish, kuyish yoki ko’z qizarishiga olib kelishi mumkin. Bilsangiz, bitta tushdan uch oydan ziyod foydalanish tavsiya etilmaydi.
-
Nigohlarga yanada teranlik baxsh etishni istasangiz, bo’yashni kipriklarning tubidan boshlang.
-
Tush cho’tkasidan keskin harakatlar bilan foydalanish pardozdagi benuqsonlikka putur etkazadi. Har doim, tush surish uchun ham ma’qul vaqt ajratishga harakat qiling.
Pardoz cho’tkalarini qanday tozalash kerak?
-
Pardoz uchun mo’yqalamlar, sponj va cho’tkalardan foydalanar ekanmiz, ularda qancha mikroblar va bakteriyalar yig’ilishi mumkinligi haqida o’ylab ham ko’rmaymiz. Buning oldini olish uchun makiyaj mo’yqalamlarini 1 yoki 2 haftada bir marotaba quyidagi qoidalarga rioya qilgan xolda tozalang.
-
Mo’yqalamlarni oqib turgan suv ostida, tagidan idish qo’ygan xolda yuvish kerak.
-
Idishga issiq suv soling va 1 osh qoshiq shampun qo’shing. Bolalar shampuni bo’lsa yana yaxshi.
-
Har bir mo’yqalam, sponj va cho’tkadan unda yig’ilib qolgan massalarni chayqatib chiqarib tashlash kerak.
-
Mo’yqalamning suvi oqib ketishi uchun 10 soniya quyoshga qo’yish etarli, undan ko’pi esa zarar.
-
Ko’piklarni yuvib tashlashda ham oqar suvdan foydalaning.
-
Mo’yqalam tuklarini avvalgi xoliga qaytarish uchun, ularni barmoqlaringiz bilan tekislab chiqing.
-
Mo’yqalam tuklarini quritishda qog’oz salfetkalardan foydalaning. Ularni vertikal yo’nalishga «tarab» quritmang, aks holda suv uning elimli qatlamiga zarar etkazib qo’yishi mumkin.