Lizin essinat ampula — yallig’lanishga qarshi

DO`STLARGA ULASHING:

?Lizin essinat ampula — yallig’lanishga qarshi , shishga qarshi va qon aylanishini yaxshilovchi juddda zo’r vosita.
#Lizin essinat
#Лизин эссинат
?Dori shakli : ?
ineksiya uchun eritma ( ampula ) — 5 ml .
?Tarkibi : ?
2, 6 diaminogeksan kislotasining essin tuzi , 96 % etanol , propilenglikol , ineksiya uchun suv.
?Ta’siriga ko’ra ?
Vazoprotektor. Kapillyar qon tomirlar faoliyatini normallashtiruvchi vosita.
Preparat yana yallig’lanishga qarshi , shishlarga qarshi , og’riqsizlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
?QO’LLANILISHI ?
— Yallig’lanishga qarshi samarali ta’sirga ega
— Shishlarga qarshi yaxshi ta’sir doirasiga ega
— Og’riq qoldiruvchi xususiyatga ega
— Qon tomirlar faoliyatini normallashtiradi va oziqlantiradi
— Qon tomirlarning kuchini va tonusini oshiradi
— Immunitetni oshiradi , juda zo’r vosita
— Qandli diabeti bor bemorlarda qondagi qand miqdorini pasaytiradi
— Travmadan keyingi shishlarni yo’qotadi
— Operatsiyadan keyingi turli joylardagi shishlarni majmuaviy davolaydi
— Bosh va orqa miyaning og’ir shishlarini kamaytiradi
— Bosh suyagi ichki qon quyilishlarida qo’llaniladi
— Bosh miya ichki bosimi oshganda qo’llaniladi
— Bosh miyada qon aylanishi buzilganda buyuriladi
— Og’riq bilan kechuvchi yumshoq to’qimalarning shishida
— Tayanch harakat tizimining qon bilan ta’minlanmasligida
— Umurtqa pog’onasi va gavda , oyoq qo’llarning shishlarida va og’riqlarida
— Oyoqlarda vena qon tomirida qon aylanishi buzilishida , ya’ni varikoz holatlarida
?QO’LLASH USULI ?
Preparat venaga to’g’ridan to’g’ri yuborilmasin ( admin maslahati ). Preparatni sutkasiga 1 — 2 ampulani osma ichiga qo’shib tomchilab venaga yuborish kerak.
Shifokor o’zi nazorati ostida bemorga qo’llaydi.
Yosh bolalarga ham qo’llash mumkin ( shifokor pediatr tavsiyasi bilan).
?NOJO»YA TA’SIRI ?
— Teri toshmalari
— Teri qichishishi va teri giperemiyasi
— Isitmaning ko’tarilishi kuzatilishi mumkin
— Kvinke shishi va anafilaktik shish
— Bosh og’rig’i va bosh aylanishi
— Ko’ngil aynish , qusish ,diareya va qorinda og’riq
— Xavo yetishmaslik xissi
— Eritma yuborilganda achishish xissi , yuborilgan joyda og’riq , shish
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Qon ketib to’xtamaslik holatida
— Buyrak va jigar faoliyati og’ir buzilganda
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas ❌
?ADMIN MASLAHATI ?
?Preparatni 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda qo’llash mumkin emas.
?Preparatni to’g’ridan to’g’ri venaga yuborib bo’lmaydi ( qat’iy esda saqlang ). Osma ichiga qo’shib yuborish kerak. Mushak orasiga ham yuborib bo’lmaydi ( esda saqlang ).
?Qonda qand miqdori past bo’lganda qo’llash mumkinmas. Chunki preparat qondagi glukoza miqdorini kamaytiradi.
?Qandli diabet kasalligi bor bemorlar bemalol bu preparatni qo’llashlari mumkin .
?Preparatni yuborishda dozani oshirib yuborsak , bemorda qizib ketish xissi , taxikardiya, qorinda og’riq, ko»ngil aynish va jig’ildon qaynash kabi nojo’ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina

Оставьте комментарий