Magistrant qizlarning kontrakt pullari to’lab beriladi

DO`STLARGA ULASHING:

Magistrant qizlarning kontrakt pullari to’lab beriladi

 

Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m).
Shuningdek, xotin-qizlarga quyidagi bir qancha imkoniyatlar beriladi:
— har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;
— har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;
— yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;
— doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

Оставьте комментарий