Вы сейчас просматриваете Magistraturaga hujjat topshirish 2026-2027 my.edu.uz sayti orqali

Magistraturaga hujjat topshirish 2026-2027 my.edu.uz sayti orqali

DO`STLARGA ULASHING:

Magistraturaga hujjat topshirish.
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun
hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari
davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki
xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
▪️Bakalavr diplomi;
▪️Chet tilini bilish sertifikati.
Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.
❌Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan
olimpiadalari g‘oliblari;
2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);
3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.
Magistraturaga ariza yuborish videoyo’riqnomasi

Добавить комментарий