DO`STLARGA ULASHING:
Daraja to‘ri orqali masofani aniqlash
1. Karta va globusdagi daraja to’ridan foydalanib Avstraliya hamda Antarktida orasidagi eng qisqa havo yo’li bo’ylab masofani aniqlang.
?Yechish usuli
Avstraliya va Antarktida orasidagi eng qisqa masofa 1430 sharqiy uzoqlik
orqali o’tadi. Shu meridian bo’ylab Avstraliyaning eng janubiy nuqtasi 380 j.k.dan Antarktidaning eng shimoliy nuqtasi 67° j.k.dan o’tadi.
67° – 38° = 29°
1° li meridian 111 km ekanligini hisobga olsak:
111×29 = 3219 km
javob: 3219 km.
2. Avstraliya va Janubiy Amerika materiklari orasidagi masofani gradus to’ridan foydalanib 25° j.k. bo’ylab km hisobida aniqlang.
?Yechish usuli
Avstraliyaning sharqiy chekkasining 180° sana o’zgarish chizig’idan
uzoqligini gradus hisobida aniqlaymiz.
180°-153°=27°
Janubiy Amerikaning g’arbiy chekkasining 180°sana o’zgarish chizig’idan uzoqligini aniqlaymiz.
180° – 70°=110°
Topgan ikki natijani qo’shamiz:
110°+27°=137°
Jadval asosida 25° j.k.da 1° = 100,9 kmga teng.
1370 x 100,9=13823,3 km.
Javob: 13823,3 km
3. Afrika materigining 20° shq.u. bo’ylab shimoldan janubgacha necha
kilometrga cho’zilganligini aniqlang.
?Yechish usuli:
32°+35°=67°
111 km x 67° = 7437 km
Javob: 7437 km
