MILLIY SERTIFIKAT SAVOLLARI

DO`STLARGA ULASHING:

MILLIY SERTIFIKAT SAVOLLARI
2023-yil 21-may kuni geografiya fanidan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat savollari.
❗️Savollar barchasi darslikdan olingan. Qiyinlik darajasi o‘rtacha. (Yuqori emas) shunchaki darslikdagi ma‘lumotlarni mazmun mohiyatini tushinish lozim.
●Savollar soni 45 ta (10 tasi ochiq)
●Savollar Ruspublika bo‘ylab bir xil
1. Olimlar Fedchonka muzligini o‘rganishdi. Bu kasb egalari fanda qanday ataladi?
Javob: Gliotsologiya
2. Tyanshan tog‘ining qaysi qismi turon tabiiy geografik okrugi hududida joylashgan?
Javob:
3. Xarita berilgan 4 ta raqam bilan ushbu xaritada qaysi raqam bilan shimoliy dengiz tasvirlangan deb savol tushdi
4. Zarafshon iqtisodiy zonasiga xos bo‘lgan ma‘lumot qaysi javobda berilgan?
5. 6-sinfdagi Yevrosiyo tabiiy geografik o‘lkalarining xaritasi rim raqami bilan tasvirlanib berilgan savol tushdi. Reylefi asosan yassi tog‘likdan iborat va markazi takislik va passtekislikdan iborat deb ozgina ma‘lumot berilgan. Ushbu ma‘lumot xaritadagi qaysi o‘lkaga tegishli deb savolda so‘ralgan.
6. Afrika yozuvsiz xaritasi tushdi. 10° shimoliy kenglikdan o‘tgan parallel qaysi daryoni kesib o‘tmagan deb savol tushdi.
A) Shari
B) Kongo
C) Niger
D) Nil
7. Indoneziyaga xos bo‘lgan xususiyatni toping.
8. Planina nima?
9. Afg‘oniston, Eron, Qator davlatlariga qiyosiy tarif bering.
Bu savol berilgan tariflar bilan ushbu davlatlarni moslashtirish tushdi.
10. Qutb ustida 12500 m balandlikda uchayabgan samolyot atmosferaning qaysi qatlamida parvoz qiliyabdi?
Javob: Stratosfera
11. Yozma savol. A,B ikkita savol.
1. 140° sharqiy uzunlikda mahalliy vaqt 31- dekabr 14:00 bo‘lsa, nechanchi gradus uzunlikda soat 16:00 bo‘ladi?
Javob 160° g‘arbiy uzunlikda 16:00 bo‘ladi.
2. 16:00 bo‘ladigan meredianda mahalliy vaqtni (oy, kun) aniqlang?
Javob: 30-dekabr
12. Toshkent viloyatining xaritasi tushdi. Xaritada yulduz bilan qaysi gidrografik obyekt tasvirlangan?
Javob: Ohangaron daryosi
13. Topografik xaritalarning yueorigi va pastki chegarasi nima bilan tasvirlanadi?
14. Yozma savol. Jadval berilgan xar gradusda qancha suv bug‘i bo‘lishi savolda berilgan.
30°C havo haroratida nisbiy namlik 60° bo‘lsa namga to‘yinishi uchun qancha suv bug‘i kerak?
Aslida savol bunday oson emas edi grafik qilib oddiy savolni qiyinlashtirib bergan. Sizlarga o‘zimiz esimizda qolgan savollarni aytiyabmiz.
15. Chizma berilgan. AB chizma 275° bo‘lsa AC chizma ufqning qaysi tomoniga tog‘ri keladi?
Orasida azimut burchagi 85° edi.
Ikkalasini qo‘shsak 370° chiqadi bu ufqning shimoliy tomoniga tog‘ri keladi.
Bu savolda ikk narsa so‘ralgan.
Ikkinchisi esa qancha gradusga burilsa ufqning sharq tomoni bo‘ladi deb tushdi.
Javob: 80° ga burilsa
16. 2022-yili 20-dekabrda prezidentimizning Oliy Majlis va Xalqga murojaatida Samarqand va Andijon shaharlarini Respublikaga bo‘ysunuvchi shaharlarga o‘tkazish taklifi berilgan. Ushbu atamaga mos keladi deb savol tushdi.
Javob: Urbanizatsiya
17. Alpinistlar Ko‘xitang tog‘ining sharqiy etaklaridan o‘tib suvayirg‘ichdan ham o‘tib qaysi davlat hududiga kelganini ayting.
18. Karib havzasi davlatlari uchun xos bo‘lgan javobni toping.
A) Tropik bo‘ronlar ko‘p kuzatiladi
B) Hududining katta qismi subtropik mintaqada joylashgan
Qolgani esimda yo‘q 😕
19. O‘rta Osiyoning sharaiy va g‘arbiy nuqtalari qaysi geografik hududlardan o‘tadi?
20. Ko‘llar berilgan.
1. Buyuk ko‘llar
2. Qozog‘istondagi Balxash ko‘li
3. Yana 3 ta ko‘l bor edi.
Qanday xosil bo‘lganini topish kerak edi.
21. Shimoliy Amerika materigining sharqdan g‘arbga quyidagi tabiat zonalari bilan almashiladi. Bular qaysi mintada joylashgan?
22. G‘arbiy qismi tog‘li sharqi yassi tog‘likdan iborat. Yassi tog‘liklarda vulqonli jinslar tarqalgan. G‘arbiy tog‘li hududida vulqolar mavjud. Bu qaysi materik?
Javob: Janubiy Amerika
23. Jadvalli savollar ko‘p tushdi ularni yozishni iloji yo‘q.
Tog‘risi (2,5soat) vaqt yetmadi
✍️ Kazbekov Meyirbek

Оставьте комментарий