Mustaqillik kuniga tadbir ssenariy

DO`STLARGA ULASHING:

Mustaqillik kuniga tadbir ssenariy
Sahnaga kirish yo‘laklari bezatilgan, karnay – surnay, doira sho‘x sadolari mehmonlarni bayramga chorlab turibdi. Ma’naviyat maydoni bayramona bezatilgan. O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i maydon to‘rida hilpirab turibdi. Sahna markaziga o‘rnatilgan so‘zana, O‘zbekiston gerbi e’tiborni tortadi. Sahnaga boshlovchilar musiqa sadolari ostida chiqib kelishadi.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum,aziz va mehribon ustozlar-u,hurmatli ota-onalar!
2-boshlovchi:Assalomu alaykum,sho’x-shodon bolajonlar
1-boshlovchi:Xush kelibsiz,mehmonlar,assalom sizga
Tabarruk insonlar ming ta’zim sizga
Qo’llarim ko’ksimda dildan ehtirom
Mo’tabar murabbiy,sizga ming salom
2-boshlovchi:Assalom,mustaqil O’zbekistonim!
Assalom,qudratli,nurli bo’stonim
Erk va ozodlik muborak bo’lsin!
Bizdek farzandlaring doim bor bo’lsin!
Quyoshdek shu’la sochgan,
    Bilimga keng yo’l ochgan,
    Bizni erkalab quchgan
Hamma:  Sizgadir ushbu kalom
                 Muallimlar assalom!
       Kunday yorug’ darsxona
       Biz farzandmiz, siz – ona
       Bo’lib bizga parvona
Hamma:   Dilda ardoqli kalom
                 Ona maktab assalom!
      Tanitib yurt, jahonga,
      Erk bergan har insonga
      Qaytdik dinu iymonga
Hamma:   Dilda ardoqli kalom
                  Mustaqil yurt assalom!
(O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi.Barcha qatnashchilar o’rnilaridan turib jo’rlikda,qo’llari ko’ksilarida madhiyani ijro etadilar)
Madhiya tugagandan so’ng jo’shqin musiqa sadolari ostida qorong’ulik qa’ridan bir qiz xumo qushi bo’lib uchib chiqadi.Uning ortidan:
”Xumo qushi keldi,xumo qushi keldi”deb shovqin-suron bilan bir to’p o’g’il-qizlar kirib kelishadi.
Xumo qushi sahna o’rtasida to’xtaydi.Bolalar yoy shaklida sahnada tizilib turadilar.
Xumo qushi:Qadrli bolalr Mustaqil O’zbekistonning baxtli farzandlari!Hurmatli tadbir ishtirokchilari!Hammalaringizni eng ulug’ va eng aziz bayramimiz-Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan tabriklayman.
Mexroj:Xalqim,yurtim,boshingda humo
Uni asra,uchib ketmasin
Qora kuchlar border doimo
Toleingni zabun etmasin
Vatan,odimlaring qut-rivoj bo’lsin
Istiqloling asra,boshda toj bo’lsin!
    1-boshlovchi:Bugun Mustaqilligimizning 29 yillik bayramini nishonlash uchun yig‘ilganmiz. Bu bayramni tinch – totuv yashayotgan xalqimiz zo‘r xursandchilik bilan kutib olyapti.
2 – boshlovchi: — « Mustaqillik muborak jannatmakon diyorim» deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!
1 – boshlovchi: — Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?
1 – o’quvchi:   — Vatan bu kindik qonimiz to’kilgan tuproq
 2 – o’quvchi:   — Vatan – bu beshigimiz, ko’chamiz, uyimiz, turar joyimiz!
3 – o’quvchi: — Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!
4 – o’quvchi: — Vatan – bu buyuk millatimiz
5 – o’quvchi   — Vatan – bu maktabimiz!
6 – o’quvchi:  — Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!
2 – boshlovchi: — Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
7 – o’quvchi: —  Mustaqillik  — o’z erkiga ega bo’lish, Vatan o’zimizniki deganidir.
1 – boshlovchi: — Mustaqillik bizga nima berdi?
 8 – o’quvchi:  — Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi
9 – o’quvchi: — Millatimizning o’zligini, milliy g’ururini himoya qilgan Fayzulla Xo’jayev, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.
10 – o’quvchi: — Dinimiz, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi ma’naviy boyliklarimiz, Navro’z, Hayit bayramlarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytdi.
Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?
— Mustaqillik – bu xurriyat
  Bu – ozodlik demakdir.
Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?
— Bu – elu yurt osoyishi,
  Bu obodlik demakdur.
Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?
— Mustaqillik eng ulug’u
  Eng aziz baxtdir bizga.
Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?
— Sha’n shavkati bo’lsin baland,
  Bu – abadlik demakdur.
         Bayroq kirib keladi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar. Men davlatimizning muqaddas bayrog’i bo’laman.Men 1991-yil 18-noyabrda qabul qilindim.
Sh’er:Havo rang,oq va yashil,
Bordir qizil belbog’i
Shuning uchun chiroyli,
O’zbekiston bayrog’i
Tamg’a kirib keladi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar.Men davlatimizning muqaddas gerbi bo’laman. Men 1992-yil 2-iyulda qabul qilindim.
She’r:O’ng tomoni paxtazor,
So’l tomoni bug’doyzor
Bog’lari bor,tog’lari bor,
O’rtasida xumo qush
Konstitutsiya kitobi kirib keladi. Assalomu alaykum aziz bolajonlar.Men davlatimizning qomusi bo’laman.Men 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindim
She’r: Baxtimiz qomusi erur bu xujjat,
            Unda mujassamdir haq-huquqimiz.
            Huquqni bilaylik,  lekin avvalo,
            Unutmaylik fuqarolik burchimiz.
2-boshlovchi:Bugun o‘zbek xalqining asrlar osha orzusi bo‘lib kelgan Mustaqillik kuni arafasida yig’ildik. Mana, salkam  29 yildirki, xalqimiz hur, ozod, erkin diyorda yashash zavqini surmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom bilan tabriklash uchun go’zal tariximiz sahifalaridan ardoqli va buyuk siymolar ham tashrif buyurishgan.
1-boshlovchi:Marhamat,kutib oling
Amir Temur:Bolalarim, men har mamlakatda adolat eshigini ochdim, har mamlakatning yaxshi kishilariga ezguliklar qildim. Nafsi yomon, axloqsiz odamlarni mamlakat sarhadlaridan quvib chiqardim. “O‘g‘illarim millatning ulug‘ martabasini, oliy saodatini saqlamoq  uchun adolat va ozodlik muqaddas dasturingiz bo‘lsin”
Alisher Navoiy:Shohu toju hilqatiy kim
Men tamosho qilg‘ali
O‘zbegim boshida qalpoq
Ya’ni, men doppili o‘zbegimga xuddi toj kiyib zarrin libosga o‘ralgan shohga qaragandek quvonib tikilaman.
Alpomish va Barchinoy
Barchinoy:
O‘zbek elining o‘g‘loni,
Alpomish avlodlari,
Ta’zim aylay sizlarga,
Bahodirlar sultoni.
Alpomish:
O‘zbek qizi Barchinoy,
Go‘zalligi hilol-oy.
Birga qo‘shiq kuylaylik,
Yurtim ohanglarga boy.
1-Boshlovchi: Marhamat mehmonlar, bu yerga o‘tiringlar.
2-Boshlovchi: Bolajonlar (bolalar sahnaga yugurib chiqadilar)
1-Boshlovchi: Bu bayram ajoyibotlarga boy sehrlidir
Bolalar: Uning sehri nimada?
1-Boshlovchi: Bu bayramda ijodini namoyon etgan har bir bolajon o‘z orzusiga yetar ekan. Bolajonlar, sizning ham orzuyingiz bormi?
Bolalar: Albatta
1-Qiz:
Men-chi men katta bo’lsam,
Mohir chevar bo‘laman.
O‘zbegimning doppisini
Qoyil qilib tikaman.
2- Bola:
Sport bilan do‘stlashib
Kuch – quvvatga to‘laman
Kelajakda men jahon
Chempioni bo‘laman
3- Qiz:
Raqs mening jon-u dilim,
O‘ynab katta bo‘laman
Mukarrama, Tamaraxon
Avlodlari bo‘laman
 
17-oquvchi: Zaminimning chiroyi hur O‘zbekiston,
Quyoshli yurtimning bog‘lari bo‘ston.
Chiroyi go‘yoki rangin kamalak,
Vatanim, 29 yoshing muborak!
18-o‘quvchi: Buyuk bobolardan qolgan merossan,
Yuragim ardog‘i jarangli sozsan.
Madhingni tinglasin, osmonu falak,
Vatanim, 29 yoshing muborak!
“Mustaqillik abadiy bo‘lsin!”
19-o‘quvchi: O‘zbekiston baxtidan kulsin,
Yurtim doim quvonchga to‘lsin,
Ona xalqim istagi shudir,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
20-o‘quvchi: Bunga yetmoq oson bo‘lmadi,
Yorug‘ kunlar armon bo‘lmadi,
Zimdan turib kimlar kulmadi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
21-o‘quvchi: Millat uchun, shu tuproq uchun,
Butun dunyo bizlarni bilsin,
Bilsin yana o‘zbekning kuchin
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
22-o‘quvchi: Poyijannat onamsiz bizni,
Ayamangiz duoyingizni,
Ota, oching qo‘llaringizni,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
23-o‘quvchi: Oh, bekafan ketganlar haqqi,
Rohat topmay o‘tganlar haqqi,
Eng zo‘r bo‘lsin shu o‘zbek xalqi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
O‘zbekiston muqaddas zamin!
24-o‘quvchi: Yashang do‘stlar sezib baxt ta’min,
Unutingiz ko‘ngilning g‘amin,
Baland tuting yurtning bayrog‘in,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
25-o‘quvchi: Vatan so‘zin anglar bu millat,
Dunyo g‘amin tinglar bu millat.
Sozi baland yangrar bu millat,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
26-o‘quvchi: Suvi oltin, tuprog‘i oltin,
Qiyosi yo‘q mehribon xalqin,
Ko‘ring bugun o‘zbekning baxtin,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
27-o‘quvchi: So‘zlarimni tinglang do‘stlarim,
Vatan buyuk bilganim manim,
O‘zbek yana ko‘tardi qadrin,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
28-o‘quvchi: Shunday ekan nega kuylamay,
Kelajagin nega o‘ylamay,
Dovrug‘ini dunyoga yoyay,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
1-у Почему мой край так дорог мне?
На вопрос известный я ответил:
Разных стран немало на земле
Родина у всех одна на свете.
2-у На свете много разных стран-
Одна другой милей и краше
А я влюблен в Узбекистан
И в солнце пламенное наше.
2-В С праздником, моя Отчизна,
Мой родной Узбекистан.
Ты сияешь светом жизни,
Расцветай любимый край!
 
Qasamyod:
1.O’zbekistonimiz mustaqilligini mustahkamlab  erkin va yorug’ kelajak uchun doimo olg’a yurishga
2.O`quvchi:O`zimizni tomchi va tomchi, zarrama-zarra, buyuk maqsadlar sari charchamay toliqmay safarbar etib borishga,
  1. O`quvchi:ona yurtimizga, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatli bo`lishga, 4.Ajdodlarimizga munosib  vorislar  bo’lishga
5.O`quvchi:har kuni , har soatda fidoyi bo`lishga
Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz!                                                                                                                   1-boshlovchi;  Bu  aziz vatan barchamizniki. Uning baxt –saodati ,yorug’ istiqboli ,farovon kelajagiuchun yashash, kurashish, kerak bo’lsa, jonni fido qilish  shu muqaddas                                                                                                        
zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
2-boshlovchi-Toki,yurtimiz go’ zal, fayzli, erkin va adolatli yurt bo’lsin. Toki bizdan elga foydali yodgor liklar qolsin, bog’-rog’larimiz qolsin, qalbni poklaydigan ibratli so’zlar qolsin. Toki bizdan olis avlodlarga ozod va obod Vatan qolsin. 
 
11-o‘quvchi: Gulbo‘ston, nur o‘ragan maskan,
Turkiston, gul o‘ralgan gulshan,
Mustaqilsan, ey ona tuproq,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
12-o‘quvchi: Alpomishning oltin beshigi,
Barchinoyning yangrar qo‘shig‘i,
Senga ochiq dunyo eshigi,
 Betakrorsan,muqaddas Vatan!
13-o‘quvchi: Temurday zot tug‘ilgan diyor,
Navoiyni qilolding oshkor,
Buxoriyning o‘chmas yodi bor,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
14-o‘quvchi: Otam kabi navqironsan sen,
Onam kabi mehribonsan sen,
Olam kabi charog‘onsan sen,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
15-o‘quvchi: Vatan desan yongay yuragim,
Sen orzumsan, sensan tilagim,
Baxtim kabi o‘zing keragim,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
16-o‘quvchi: Bolang nechun yonadi bugun,
Yolg‘onlardan tonadi bugun,
Kelajakning chin baxti uchun,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
 
   1-boshlovchi: Muhtaram mehmonlar, hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar!
Mana shu munavvar kunda barchangizni yana bir bor  “Mustaqillik bayrami” bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
  2-boshlovchi:Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, o‘qishlaringizda zafarlar tilab qolamiz.
 1-boshlovchi:  Vatanimizni, xalqimizni, siz aziz bolajonlarni Yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan asrasin.
  2-boshlovchi:Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!  Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!        
 
 
Samarqand viloyati Jomboy tumani 18-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Baxramova Nilufar.