NFT — bu nima?

DO`STLARGA ULASHING:

NFT — bu nima?

— NFT — bu raqamli mulkka, masalan, rasm, musiqa, video yoki boshqa elektron narsaga siz egalik qilayotganingizni isbotlab beruvchi token. Masalan real hayotda sizning mashinangiz boʻlsa, sizda uni sizniki ekanligini isbotlovchi hujjat ham bor.

— NFT ham xuddi shunday hujjat, faqat u raqamli narsalar uchun amal qiladi va blokcheyn texnologiyasiga asoslangan boʻladi va shu sabab uni hech kim buza olmaydi.

Hozirgi kunda NFT suratlar savdosi juda avj olgan va shu payt «Men ular millionlab dollarga sotib olayotgan NFT suratlardan nusxa koʻchirib olib bepul foydalanishim mumkinku?» deydiganlar ham topiladi.

— Ha, siz istalgan NFT suratdan nusxa olib ulardan tekin foydalanishingiz ham mumkin, lekin uni egasi boʻlolmaysiz. Masalan: mashina oʻgʻirlaganingiz bilan uning egasi boʻlib qolmaysizku!

— Hozirda Instagram, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar ham NFT bilan ishlaydigan funksiyalar ustida ishlamoqda. Twitter bunday xususiyatni taqdim qilib ham ulgurdi.

Оставьте комментарий