DO`STLARGA ULASHING:
Noutbuk batareyasi holatini tekshirish
Ko‘p odamlar faqatgina batareya foizini ko‘radi, ammo batareyaning asl holati haqida bilmaydi. Windows’da yashirin buyruq orqali siz batareyangiz qancha vaqt xizmat qilishini oldindan bilishingiz mumkin.
🔎 Qanday tekshiriladi?
1. “CMD” yoki “PowerShell”ni admin huquqi bilan oching.
2. Quyidagini yozing:
powercfg /batteryreport
3. Hujjat sifatida batafsil hisobot hosil bo‘ladi.
📑 Hisobotda nimalar chiqadi?
Batareyadan foydalanish tarixi
Qancha marta quvvatlangan va zaryadsizlangan
Batareyaning asl quvvati va hozirgi real quvvati. Agar raqamlar orasida katta farq bo‘lsa, batareyangiz eskirgan degani.