Dollarning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Dollarning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?

⚡️ Finlit.uz fuqarolarni qora bozorda xorijiy valyuta xarid qilmaslikka chaqiradi. Ko‘pincha qalbaki pul sotuvchilari 50 va 100 dollarlik pullarni qalbakilashtiradilar

🟢 Banknotning haqiqiyligini tekshirishning eng ishonchli usuli — tijorat bankiga murojaat qilish. O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida bu xizmat pulli hisoblanadi.=

Bundan tashqari, har qanday fuqaroning o‘zi buni mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin. Xavfsizlik elementlarining mavjudligi haqiqiy banknotlarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Xavfsizlik elementlari:
1️⃣ chizmalarning fon chiziqlari aniq va ravon bo‘lishi kerak;
2️⃣ chop etilgan tasvir banknotning butun old tomoni biroz qavariq bo‘lishi kerak;
3️⃣ portret banknot markazidan biroz chetga surilgan bo‘lishi kerak;
4️⃣ qog’oz teginganda dag‘al va baxmal bo‘lishi kerak, chunki uning tarkibida paxta va zig’ir tolasi mavjud;
5️⃣ suv belgilari portretning o‘ng tomonida joylashgan bo‘lishi va ikkala tomonida bir xil bo‘lishi kerak;
6️⃣ himoya chizig’i ultrabinafsha nurda yashil rangga aylanadi;
7️⃣ tasvir rangi uzilishlarsiz chiziqlar bo‘ylab o‘zgarishi kerak;
8️⃣ nominal rangi banknotani burchakka egkanda, pastki o‘ng burchakdagi raqamning rangi o‘zgarishi kerak;
9️⃣ AQSh Federal zaxira tizimining belgilari – banknotani chiqargan maxsus Federal zaxira bankini ko‘rsatadigan harf va raqami bo‘lishi kerak.

Dollarning haqiqiyligi belgilarining toʻliq roʻyxati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy saytida tanishish mumkin

➡️ Ushbu postni do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan bo‘lishishni unutmang, zero ushbu berilgan ma’lumotlar ularga ham foyda keltirsin

Оставьте комментарий