DO`STLARGA ULASHING:
1 dekabrdan pedagog xodimlarning oylik maoshlari qancha bo‘ldi?
Maktab o‘qituvchilariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1.050.000 so‘m) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha haq to‘lanadi:
Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
– 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (277 200 so‘m);
– 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (331 800 so‘m);
– 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (387 450 so‘m);
– 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (442 050 so‘m);
– 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (554 400 so‘m);
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (92.400 so‘m), 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (184.800 so‘m).
Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (184.800 so‘m).