Noutbukka suv suyuqlik to`kilsa nima qilish kerak

DO`STLARGA ULASHING:

Noutbukka suyuqlik toʼkilsa, nima qilish kerakligi haqida
Noutbuk bilan sodir boʼladigan nohush holatlardan biri bu albatta uni ustiga biror suyuq moddaning toʼkilib ketishidir. Аyniqsa bu holat ofisda ishlaydigan hodimlarda koʼp uchraydi, chunki u yerda albatta kofe yoki choy ichib ish qilish odat tusiga kirib qolgan. Undan tashqari noutbuk ham ishxonaniki.
Bunday holat sodir boʼlganda, asosiysi dovdirab qolmaslik kerak (er qimirlashiga oʼxshab) va bajariladigan ishlar ketma-ketligini yaxshilab bilib olish lozim. Dastlab, aniqlashtirib olaylik noutbukka qanday turdagi suyuqlik toʼkilishi mumkin? choy, kofe, sok, gazli suv,…
Uy sharoitida esa, boshqa suyuqliklar ham boʼlishi mumkin.
Quyida, bu holat sodir boʼlganda nima qilish kerakligi bilan tanishing:
1. Bilamizki, elektr manbai suyuqlik bilan chiqishmaydi, shu sababli noutbukni darhol elektr manbaidan uzib, oʼchirish kerak boʼladi. Oʼchirishda ham, qonun qoidalarga rioya qilib (PUSK-> …) oʼchirish kerak emas, tezda POWER tugmasini bosib turing va oʼchiring. Saqlanmagan fayllaringiz haqida havotir oladigan payt emas, bu yerda tezlik katta ahamiyatga ega, soniyalar hamma narsani hal qilishi mumkin.
2. Oʼzgaruvchan tok bilan ishni hal qilib, navbatni oʼzgarmas tokka beramiz, yaʼni noutbukni rozetkadagi elektr manbaidan uzib boʼlgandan soʼng, darhol batareyasini chiqaramiz. Qanday chiqarish kerakligi yozilgan qoʼllanmalarni titkilab, YouTube orqali noutbuk batareyasini chiqarish haqida videolarni koʼrib yoki Googledan qidirib oʼtirishga vaqt yoʼq, taxminiy tarzda bilganingizcha chiqaring. Bunday paytda qonun qoidalarga qarab oʼtirmang (eng yaxshisi noutbuk sotib olganinggizdan soʼng, batareyani chiqarishni mashq qilib qoʼying).
3. Baʼzi noutbuklar klaviaturasi ustida maxsus saqlagich (himoyalagich) boʼladi, agar sizda ham shunday narsa boʼlsa, uni olib tashlab, yuvib, quritib yana bemalol ishlatishingiz mumkin boʼladi, bu holatda Noutbukka zarar yetmaydi, maslahat shunday himoyalagichdan foydalaning.
4. Аgar sizda bunday plyonka boʼlmasa, ishingiz qiyinroq boʼladi. Biror mato olib, noutbukni teskarisiga qilib, ichidagi va klaviatura ustidagi suyuqliklarni artib, agar quyuqroq sharbat boʼlsa, ichiga kirganini tushirib yuboring.
5. Tez bajariladigan ishlar ortda qoldi, endi noutbuk ichini ochish kerak. Аgar oʼzingizning qoʼlingizdan kelsa, oʼzingiz oching yoki kompьyuterlarni tuzatadigan ustaxonaga olib boring va muammoni ular yordamida hal qiling. Аgar noutbuk ichini ochishni bilsangiz, u yerda detallarni almashtirgan boʼlsangiz, yaʼni bu ishlarni avval ham bajarib koʼnikma olgan boʼlsangiz, usta bajaradigan ishlarni oʼzingiz ham qilishingiz mumkin. Uni oching, ichidagi CMOS batareyasini ham olib tashlang, barcha detallarini chiqaring va ularni quritish uchun ochiq holda 24 soat davomida qoldiring.
6. 24 soat vaqt oʼtgandan soʼng, tekshirishni amalga oshirish mumkin. Dastlab, detallarni birma-bir koʼrib chiqing, asosiysi motherboar(Materinskaya plata)ni, hech qanday namlik, karroziya yoʼqligiga amin boʼling. Soʼng, noutbukni yigʼishga kirishing, yigʼish davomida diqqatlikni yoʼqotmang, yigʼib boʼlganingizdan soʼng, yana bir bor tekshirib chiqing.
7. Noutbukni ishga tushiring, ishga tushirganigizda quyidagi 3 holatdan biri boʼlishi mumkin:
Noutbuk yonmasligi mumkin, bu holatda uni darhol oʼchirib, ustaxonaga olib boring, demak qandaydir detal yoki plata yaroqsiz holatga kelgan;
Noutbuk yongan, lekin klaviatura ishlamasligi mumkin, klaviaturani barcha tugmalari yoki maʼlum bir tugmalari oʼz vazifasini bajarmaydi. Bu holatda ham ustaga olib boring, agar shunday boʼlsa siz bu nohush holatdan (suyuqlik toʼkilishidan) minimum zarar bilan chiqgan boʼlasiz, yaʼni klaviatura almashadi yoki taʼmirlanadi holos;
Noutbuk yongan va klaviatura ham ishlaydi. Bu holatda, xursand boʼlishga shoshilmang. Noutbuk va uning barcha elementlarini tekshiradigan biror dastur oʼrnating (AIDA64, SiSoftware Sandra, HWMonitor) va toʼliq tekshirib chiqing.

16 комментариев к “Noutbukka suv suyuqlik to`kilsa nima qilish kerak”

  1. Уведомление: Best selling guns online

  2. Уведомление: hillapple.bet

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: 토토굿게임

  6. Уведомление: woodford reserve chocolate malt whisper for sale

  7. Уведомление: Chèque

  8. Уведомление: buy remingtonarms

  9. Уведомление: best vendor track1,2

  10. Уведомление: home

  11. Уведомление: แทงบอลออนไลน์ 911

  12. Уведомление: Oregon mushroom shop

  13. Уведомление: victoria secret bbw

  14. Уведомление: mushroom dispensary near me​

  15. Уведомление: Web Hosting

  16. Уведомление: astro quads

Комментарии закрыты.