Ochlik va toʻqlik qanday paydo boʻladi

DO`STLARGA ULASHING:

Ochlik va toʻqlik qanday paydo boʻladi

Gipotalamusda joylashgan “ochlik markazi” tanamizdagi bu his-tuygʻular uchun javobgardir. U glyukoza va aminokislotalar kabi turli xil ozuqa moddalarining qondagi darajasini baholaydi.

Agar qondagi bu moddalar kerakli miqdordan kamaysa, miya oshqozonga signal yuboradi va bu ochlikning standart belgilarini qoʻzgʻatadi.

Toʻyinganlik hissi paydo boʻlishida oshqozon devorlariga oziq-ovqatni bosimi sezilarli darajada taʼsir qiladi. Shuning uchun ozmoqchi boʻlganlarga koʻproq sabzavot va boshqa ovqat tolalarini isteʼmol qilish tavsiya etiladi, chunki bu ozuqalar oshqozonda koʻp joy egallaydi va shu bilan toʻyinganlik hissini paydo qiladi.

Manba @taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий