OLINGAN KRЕDITNI MUDDATIDAN OLDIN TO‘LASA NIMA BO‘LADI.

DO`STLARGA ULASHING:

OLINGAN KRЕDITNI MUDDATIDAN OLDIN TO‘LASA NIMA BO‘LADI.
⚡️SAVOL;
Men bankdan iste’mol krediti olganman. To‘lov grafigi bo‘yicha men kreditni 2022 yilning iyul oyida to‘lab bo‘lishim kerak. Meni savolim, agar men 2022 yilning iyul oyini kutib o‘tirmasdan xozir qolgan qarzdorligimni xammasini to‘lab yuborsam 2022 yilning iyul oyigacha bo‘lgan davr uchun xam foizlarni qo‘shib to‘lashim kerakmi yoki muddatidan oldin to‘lov qilinsa qolgan oylarga foiz xisoblanmaydimi ?
⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasining 06.05.2006 yildagi O‘RQ-33-son «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasi iste’mol kreditini muddatidan ilgari qaytarish deb nomalanib, unga ko‘ra, iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar to‘laydi deb ko‘rsatilgan.
❗️Ya’ni, siz agar iste’mol kreditini 3 yilga olgan bo‘lsangizu lekin kreditni 3 yil emas bir yilda xammasini to‘lab yuborsangiz qolgan ikki yil uchun sizga foiz xisoblanmaydi. Kredit uchun foizlar faqat siz undan foydalangan vaqtingiz uchun xisoblanadi xolos.
✏️ Masalan 3 yillik shartnoma bilan 100 so‘m kredit olgansiz deylik, siz uni 3 yilda foizlari bilan 130 qilib qaytarishingiz kerak lekin, siz qarzni uch yilda emas bir yilda to‘lab yuborsangiz 100 so‘mni 130 so‘m qilib emas 110 so‘m to‘lab xammasini yopib yuborishingiz mumkin.
Shu bilan bank hodimlari xam sizga buqaqarash 👀 qilishni to‘xtatadi…

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek