Tormoz sistemasi tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi ?

DO`STLARGA ULASHING:

Tormoz sistemasi tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi ?
#tormoz

Bilasizki barcha mashinalning tormozlash sistemasi tuzilishiga ko’ra atiga 2 xil bo’ladi. Bular diskli va barabanli. Bularning ichida eng effektivi diskli tormozlash bo’lib qimmat mashinalarning 4 ta g’ildiragida ham diskli tormozlash ishlatiladi. Lekin tijoriy maqsadlarda chiqarilgan yoki umuman olganda arzon byujetbop modellarning orqa g’ildiraklarida ko’pincha baraban tormoz sistemasi qo’llaniladi.

Ikkala tormozlashda ham o’zining kalodka deb ataluvchi mashinaga qanchalik effektiv tormozlash kerakligiga qarab vaqt o’tib yedirlib ketadigan organik, yarim metall, keramik materiallardan tayyorlanadigan tormozlashning eng muhim komponenti ishlatiladi. Manashu kalodkani disk tomonga surib tormozlash jarayonini boshlab beradigan mexanizm esa tormoz ishchi slindri deb ataladi va bu slindrlar barcha g’ildiraklar uchun mavjud. Lekin g’ildiraklardan tashqarida ya’ni tormoz pedaliga yaqin joyda eng asosiy slindr ham mavjudki u tormoz pedalidan kelgan bosimni gidravlik bosimga aylantirib berish uchun ishlatiladi va g’ildiraklarga yo’naltirib turadi.

P.S. kechagi savolning javobi esa umumiy bo’lib mashinada 5 ta slindr mavjud

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий