OLIS HUDUDLARGA BORIB ISHLAGAN PЕDAGOG HODIMLARNI RAG‘BATLANTIRISH.

DO`STLARGA ULASHING:

OLIS HUDUDLARGA BORIB ISHLAGAN PЕDAGOG HODIMLARNI RAG‘BATLANTIRISH.

⚡️SAVOL;
Olis hududlarga borib ishlagan pedagog hodimlarning oylik maoshlariga qancha foiz miqdorda ustama to‘lanadi ?

⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 07.06.2019 yil kungi 471-son qarori 2-ilovasiga ko‘ra, olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib belgilanadigan maxsus ustamalar miqdori;

🟢 6 oydan 3 yilgacha➖10 foiz
🟢 3 yildan 5 yilgacha➖20 foiz
🟢 5 yildan 10 yilgacha➖30 foiz
🟢 10 yildan 15 yilgacha➖40 foiz
🟢 15 yildan ortiq➖50 foiz

✏️ Mazkur qarorda alohida e’tibor berish kerak bo‘lgan joyi bor !
Ko‘pchilik olis hudud deganda uyidan uzoooqda joylashgan joyni tushunadi lekin unday emas. Soyning bu tomonidan u tomoniga o‘tib ishlasangiz sizga shu soydan o‘tib ishlarkaney deb ustama to‘layvermaydi. Olis hududlarni yuqoridagi qarorda o‘zini belgilangan joylari bor. Qarorda unday joylarning ro‘yxati uzun shundan bir-ikki misol aytaman. Mana masalan, Toshkent viloyatining Angren shahrida shunday hududlar bor, Horazmning Pitnak shahrida xam bor, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida xam shunday hududlar bor. (Ma’lumot uchun so‘x tumaniga samolyotda boriladi.) Bir so‘z bilan aytganda olis hududlar ro‘yxatiga geografik joylashuvi u yerda ishlash uchun biroz noqulayroq hududlar kiritilgan.

Оставьте комментарий