Ota-onalarning taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi

DO`STLARGA ULASHING:

Ota-onalarning taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 28-maydagi 131-sonli buyrugʻiga muvofiq ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.

Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan har qanday bahsli vaziyatlar faqatgina maktab rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) hamda maktab psixologi bilan dars jarayoniga halaqit bermagan holatda hal etilishi lozim.

Taʼlim muassasasi hududida jamoa aʼzolarining ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari oʻzaro hurmat va hushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga kamsituvchi hatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tomonlar yuqoridagi talablarga rioya etmagan holatlarda vaziyatni barqarorlashtirish uchun mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish va hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etishlari kerak.

❗️Eslatib oʻtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish holatlari uchun:

👉fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

❕Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

👉 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining etti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Оставьте комментарий