OVSINLAR

DO`STLARGA ULASHING:

OVSINLAR

Quvnasinlar, kulsinlar,
Shodon kulib yursinlar,
Janjallashmasin sira,
Ahil bo‘lsin ovsinlar.

Bittasi yoqsa tandir
Birisi qorsin hamir,
Oqibat bo‘lsin zanjir,
Ahil bo‘lsin ovsinlar,

Kelinlar bo‘lib uchta,
Nonushta bo‘lsa tushda,
Baraka Hindiqushda,
Ahil bo‘lsin ovsinlar.

Billurdek tushib chil-chil,
Aslo sinmasin ko‘ngil,
Bo‘lishib opa-singil,
Ahil bo‘lsin ovsinlar.

Katta kichik qadri teng,
Biri yoqa,biri yeng,
Ko‘ngil keng bo‘lsa,uy keng,
Ahil bo‘lsin ovsinlar.

Yangrasin do‘stlik sozi,
Jaranglasin ovozi,
Qayna-qaynota rozi,
Ahil bo‘lsin ovsinlar.

Saqlab oling va yaqinlarga ham ulashing

Оставьте комментарий