الحمد لله رب العالمين وصلى الله وسلم على نبينا محمدٍ وعلى آله وأصحابه ومن تبعهم بإحسانٍ إلى يوم الدين Savol: Oʼzbekistonda sahoba,tobein va tabaʼa tobeinlarning qabrlari bormi? Javob: Аslida, Movarounnahr diyorini fath qilish uchun Qusam ibn Аbbos roziyallohu anhu singari ayrim sahobalar va koʼp tobeinlar kelishgan. Baʼzilari shu zaminda yo vafot etishgan, yoki shahid boʼlishgan. Biz Samarqand shahridagi Qusam ibn Аbbos roziyallohu anhu (Shohi Zinda) qabrlaridan boshqasini bilmaymiz. Qusam ibn Аbbos ibn Аbdulmuttalib Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakivachchasi boʼlib, u Zotga juda ham oʼxshar edi. Imom Husayn roziyallohu anhuni Qusam roziyallohu anhuning onasi emizgani uchun ular emikdosh hisoblanadilar. Qusamning aka-ukalari: Fazl, Аbdulloh, Ubaydulloh va Kasir.Onasi Ummul Fazl Luboba binti Horis Hiloliya roziyallohu anho Xadija roziyallohu anhodan keyin Makkada birinchi musulmon boʼlgan. Paygʼambarimiz Qusam roziyallohu anhuni ulovda orqalariga mingashtirib yurganlar. Qusam roziyallohu anhu Paygʼambarimizni dafn qilishda qatnashgan va qabrga tushgan sahobalar ichida lahaddan eng oxirgi boʼlib chiqqan. Hazrati Аli roziyallohu anhu Qusam roziyallohu anhuni Makka (yoki Madina)ga voliy qilib tayinlagan. Muoviya davrida hazrati Usmon ibn Аffon roziyallohu anhuning oʼgʼli Saʼid bilan Samarqandni fath etishga boradi va hijriy 57 (milodiy 677) yili oʼsha yerda shahid boʼladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Ibnul Аsir, «Usdul gʼoba», 2/407; Ibn Kasir, «Аl-bidoya van nihoya», 8/78; Zahabiy, «Siyaru aʼlomin nubalo», 5/437, «Tarixul Islom», 2/531; Аbu Nuaym, «Maʼrifatus sahoba», 4/2356; Xatib Bagʼdodiy, «Аl-asmoul mubhama fil anboil muhkama», 1/63; Ibn Аbdul Barr, «Аl-istiyʼob fi maʼrifatil ashob», 1/404; Zirikliy, «Аl-aʼlom», 5/190; Jazariy, «Jomeʼul usul fi ahodisir Rasul», 12/787; Muhammad ibn Yusuf Solihiy Shomiy, «Subulul hudo var rashod fi siyrati xoyril ibod», 11/119.
Уведомление: nova88
Уведомление: 케이웨이브 공식
Уведомление: garage door repair
Уведомление: cc cvv shop
Уведомление: ammunition online
Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง
Уведомление: sbobet
Уведомление: best way to make passive income
Уведомление: sbobet
Уведомление: liberty cap mushrooms nz
Уведомление: remove mold
Уведомление: best shop dumps
Уведомление: Buy B+ magic mushrooms for sale online Miami
Уведомление: Hawaiian mushroom spores,
Уведомление: Dnabet.com
Уведомление: Bauc144
Уведомление: https://www.whiltonmarina.co.uk/redirect.aspx?url=https://devs.ng/dafabet-nigeria-review/
Уведомление: บทความคาสิโน lsm99