Eshak bilan baqalar

DO`STLARGA ULASHING:

Ustiga o’tin ortilgan eshak botqoqdan o’tayotgandi, toyib ketib yiqildi. Eshak o’rnidan turishga harchand urinmasin — bo’lmadi: oh-voh qilib faryod cheka boshladi. Botqoqda yashovchi baqalar uning holini ko’rib dedilar: «Birodar, botqoqqa endigina yiqilganing holda shunchalar nola chekasan, bizga o’xshab umring shu yerda o’tganida nima qilarding?!»
Alqissa, ayrim kishilar kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho’kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o’n chandon og’ir mashaqqatlarni-da, sabrla yengadilar.
Xalqimizda «Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil» degan maqol bor. Nogahon toyib ketib, yiqilgan eshak, biroz tin olib, kuch to’plab, yana oyoqqa turishi va yo’lida davom etishi mumkin edi. Ammo u mutlaqo chorasiz qolgan kabi ayyuhannos solib, faryod chekadi. Vaholanki, undan ko’ra yuz chandon yomonroq ahvolda, bir umr botqoqda yashayotgan baqalarni ко’rib, o’z holatiga shukur qilishi, ahvolini yaxshilash chorasini ko’rishi lozim edi. U esa sarosimaga tushib nola qiladi. Hayotda bunday holatlar uchrab turadi. Sovuqqonlik bilan muammolar haqida o’ylab ko’rilsa, hammasiga biror tadbir topish mumkin. Muhimi, aqlni ishlatish, qiyinchiliklarga sabrli bo’lishdadir.
Ezopning bu masali zamirida yana qanday ma’nolar borligini sinfdoshlaringiz bilan birga muhokama qilsangiz, mshunchangiz yanada boyiydi.
Gohida qiyinchilikni yengib o’tishdan ko’ra uni aylanib o’tishga yoki hiyla-nayrang ishlatib, o’z maqsadiga erishishga harakat qiluvchi kimsalar bo’ladi. Ular balki ba’zida niyatlariga yetarlar ham. Biroq bu uzoq davom etmaydi. Albatta, biror ishkal bo’lib, barcha harakatlar chippakka chiqadi. Ana shunday toifali odamlarga qarata quyidagi masal aytilgan.

Оставьте комментарий