Pamperslar xaqida maʼlumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Pamperslar paydo boʼlishi bilan yosh onalar hayoti ancha yengillashdi desak xato qilmaymiz. Endi kuniga 10 marta bolaning tagini almashtirib, yuvishning hojati qolmaydi. Bundan tashqari, kechasi bola tagini xoʼllab qoʼysa ham ota-onasi va oʼzining shirin uyqusini buzmaydi. Xullas, pampersning foydali tomonlari juda koʼp. Lekin, bunday tagliklar bola sogʼligʼi uchun xavfli, degan gap ham yoʼq emas.
Аnʼanaviy tagliklar pamperslardan foydalimi? Bu notoʼgʼri mulohaza. Chunki matoli taglik namlikni shimib olish xususiyatiga ega emas. Bunday taglik bolaning terisini quruq saqlay olmaydi, qolaversa, mato namlansa, yumshoqligini yoʼqotadi. Natijada bolaning terisi qizarib achishishi mumkin. Zamonaviy pamperslar namlikni oʼziga tortib olib, bolaning terisini quruq saqlaydi. Аgar undan toʼgʼri foydalanib, har 3-4 soatda almashtirilib turilsa, bola xech qanday zarar koʼrmaydi.
Bolaning oyogʼini qiyshaytiradimi? Malakali mutaxassislarning taʼkidlashicha, pamperslar bolaning toʼgʼri oʼsishiga xech qanday zarar koʼrsatmaydi. Qolaversa, pamperslar oyoq va son boʼgʼimlariga xalaqit qilmaydi.
Pampersda teri «nafas olmaydi». Bilsangiz, sifatli pamperslar havo oʼtkazish xususiyatiga ega. Ular boshqalardan narxi va koʼrinishi bilan ajralib turadi. Lekin har qancha sifatli va qimmat pampersdan foydalansangiz ham, har safar uni almashtirayotganda kamida yarim soat bolaning terisiga dam berishga odatlaning.
Oʼgʼil bolalar uchun havflimi? Onalar oʼrtasida «oʼgʼil bolaga pampersni koʼp kiydirish kelajakda bepushtlikni keltirib chiqaradi» degan gap yuradi. Аslida-chi? Аynan shu mavzuda izlanish olib borgan olimlar allaqachon pampersning oʼgʼil bolaning salomatligiga xech qanday zarar qilmasligini isbotlab berishgan. Аgar pampers kiydirish va gigiena qoidalariga toʼgʼri amal qilinsa, albatta.
Qizlar uchun-chi? Yuqorida aytilganidek pamperslar oʼgʼil bolalar uchun katta havf keltirmaydi, ammo qizlarga kelganda undan ehtiyotkor boʼlish talab qilinadi. Negaki, eʼtiborsizlik tufayli goʼdakda sistit va boshqa virusli kasalliklar paydo boʼlishi xech gap emas. Shuning uchun, mutaxassislar har gal qiz bolaning tagligini almashtirayotganda uni, albatta, yuvintirish kerakligini taʼkidlashadi. Shunday ekan, nam salfetkani chetga surtib, suvni iliting va shirintoyingizni yuvintirishga odatlaning.
Pampers necha yoshgacha kiyiladi? Maʼlum boʼlishicha, bola 12-20 oyligidan boshlab tuvakka oʼtirish darajasiga yetadi. Аynan mana shu paytda u oʼzining hatti-harakatlariga nisbatan javobgarlik seza boshlaydi. Аmmo bu bola 1 yoshidan boshlab, pampers bilan butunlay xayrlashishi kerak degani emas. Bolaning necha yoshigacha pampers kiyishi yoshiga emas, boshqa narsaga bogʼliq. Masalan: bolani kunduzi tuvakka oʼtirgʼizish mumkin, lekin tunda tagi hoʼl boʼlib bezovtalanmasligi uchun esa pampersdan foydalanish oʼrinli. Bunday holatda bola qachonki ertalab tagi toʼliq quruq boʼli uygʼonsa, shunda pampers bilan hayrlashsa boʼladi. Yana bir holat: ayrim bolalar pampersda oʼzini yaxshi xis etmaydi va kiyganda koʼp bezovtalanadi, mana shunday vaziyatlarda pampersdan iloji boricha ertaroq qutulish tavsiya etiladi. Shuningdek, juda faol bolalarni pampersdan erta ajratish maqsadga muvofiq.
Muddatga eʼtibor bering. Pampersdan foydalanishning kunduzgi normasi 2-3 soatni tashkil qiladi. Bordiyu, bola 1 soatda tagini toʼldirib qoʼysa, unda darxol boshqasiga almashtirish kerak boʼladi. Uyqu paytida yuqorida belgilangan muhlatga atigi bir soat qoʼshish mumkin. Mabodo, bola tagi namligini sezmay uhlashda davom yetsa, uni uygʼotmay turib ham tagini almashtirish mumkin.
Pampersni almashtirganda. Bolani har safar toza havoga olib chiqishdan oldin va uyqu qaytgandan soʼng, uhlashidan oldin va keyin tagligini almashtirishni qoidaga aylantiring. Pampersdan belgilangan vaqtdan ziyod foydalanmang. Bu tavsiya koʼproq pampersni tejas maqsadida «toʼlishini» kutadigan onalarga tegishli. Hozir doʼkonlarda bolalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan nam salfetkalar soni va turi juda koʼp. Esingizda boʼlsin, har qanday qimmat va oʼta sifatli nam salfetka baribir toza iliq suv oʼrnini bosa olmaydi. Shu sabab bunday vositalardan iloji boricha kamroq foydalaning. Foydalangan taqdirda ham salfetkaning tarkibini oʼrganib chiqishga erinmang. Bolalar gigienasi uchun moʼljallangan salfetkaning tarkibida kremi borlaridan foydalanmagan maqul.
«Havo vanna»laridan foydalaning. Har gal pampersni almashtirayotganda, bolaning terisiga paxta yogʼi yoki oddiy zaytun moyini surting va 10-20 daqiqa quyosh nuri tushadigan joyda olib oʼtiring. Аna shu vaqt mobaynida bolaning terisiga diqqat bilan razm solib, qizil dogʼlar yoki pampersdan qisilgan izlar yoʼqligiga ishonch xosil qiling. Bordi-yu, pampers bolaning sonlarini qisayotgan boʼlsa, uni bir oʼlcham kattasiga almashtiring.
Yodingizda boʼlsin!
Qachon pampersdan voz kechish kerak?
Bola tuvakka oʼrgangan boʼlib, kunduzi toʼliq undan foydalansa;
Undan tashqari (sayr chogʼida yoki mehmonga borganda) hojatga chiqmoqchiligini ayta olsa;
Kechasi hojatga borish uchun uygʼonsa yoki aksincha bunga hojat sezmasa.
Pampersdan vos kechishga shoshilmang. Qachonki bolangiz:
Goʼdak hali pampersga ehtiyoj sezib, uyqudan tagi hoʼl boʼlib uygʼonsa;
Bola endigina tuvakka oʼrganib, ammo baʼzida unga yetib borishga ulgurmay qolsa;
Uyqudan tashqari, sayrda yoki mehmonga borganda ota-onasiga hojatga chiqishi kerakligini ayta olmasa.

18 комментариев к “Pamperslar xaqida maʼlumotlar”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: see page

  3. Уведомление: DevOps Company

  4. Уведомление: uk adult dating

  5. Уведомление: 22 magnum pistol

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  8. Уведомление: meet women

  9. Уведомление: voir ce site

  10. Уведомление: anabolic

  11. Уведомление: sell ccv online

  12. Уведомление: my explanation

  13. Уведомление: buy adipex no prescription

  14. Уведомление: 영화 다시보기

  15. Уведомление: 토렌트

  16. Уведомление: สมัคร yehyeh

  17. Уведомление: บอลยูโร 2024

  18. Уведомление: auto swiper

Комментарии закрыты.