Pediatriya amaliyotida burun tomchilarini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Pediatriya amaliyotida burun tomchilarini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Bolalarga ko‘proq tarkibida 💊ksilometazolin(Snup, Tizin, Farmazolin) yoki 💊oksimetazolin (Rinoksil, Rinazolin, Nazivin) saqlovchi preparatlar qo‘llaniladi.

❗️1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga oksimetazolin tarkibli tomchilarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Dozalari

☑️6 yoshdan oshgan bolalar:
🔰0,05%
har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta

☑️1 yoshdan 6 yoshgacha bolalar:
🔰0,025%
har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta

☑️1 yoshgacha bolalar:
🔰0,01%
4 haftalikkacha bo‘lgan chaqaloqlarga har bir burun yo‘liga 1 tomchidan kuniga 2-3 marta

5 haftalikdan 1 yoshgacha
har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta buyuriladi.

Tomchilarni qo‘llash davomiyligi maksimum 5 kun.

❗️Eslatma: Yuqoridagi preparatlarni faqat vrach Pediatr ko‘rsatmasi bilan qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий