Po’lat Saidqosimov Biografiyasi

DO`STLARGA ULASHING:

Po’lat Saidqosimov 1931 yil 8 oktyabr sanasida Toshkent shahrida tug’ilgan. Uning bolaligi urush yillariga to’g’ri kelgan, shu boisdan u  ochlik va qiyinchilikda katta bo’lgan.
U yoshligidan aktyor bo’lishni orzu qilgan. Maktabni bitirgach Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohiga o’qishga kirgan.  
 
1954 yilda oliygohdagi o’qishini tamomlab Hamid Olimjon nomidagi Samarqand teatrida o’z faoliyatini boshlagan. Ushbu teatrda bir necha ishlagach o’zining ona shahri Toshkentga qaytgan hamda aktyorlik faoliyatini hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrida davom ettirgan.
Po’lat Saidqosimov ushbu teatrda ko’plab spektakllarda ishtirok etgan va o’nlab esda qolarli obrazlar yaratgan. 
Bu aktyor tomoshabinlarga asosan videofilmlardagi rollari bilan tanilgan bo’lib, «Muhabbat mojarosi», «Olovli yo’llar», «Shaytanat» hamda «Chol va nabira» kabi bizga tanish filmlarda unitilmas rollarni ijro etgan.
 
Po’lat Saidqosimovning san’at sohasidagi ko’p yillik faoliyati munosib baholanib,  1979 yilda «O’zbekiston xalq artisti» unvoni, 2001 yilda esa «El yurt hurmati» ordeni bilan mukofatlangan.
 
Aktyorni shaxsiy hayoti haqida:  Po’lat Saidqosimovni 1962 yilda uylangan. Uning ayoli Roziya Usmonava ham aktyorlik sohasida tahsil olgan bo’lib,  ko’p yillar san’at oliygohida,  sahna nutqi bo’yicha talabarga dars bergan. Ularni ikki o’g’il va bir qiz farzandlari bo’lgan. 
Aktyor hayotda ko’p yo’qotishlarga uchragan:  25 yoshida onasidan, 34 yoshida otasidan ayrilgan, 1996 va 1999 yillarda esa ikki akasidan judo bo’lgan. Taqdir taqazosi bilan, Shavkat ismli o’g’li ham 44 yoshida qotillik qurboniga aylanib, olamdan o’tgan. 
 
Po’lat Saidqosimov 2019 yilning boshida Qo’qon shahrida filmni suratga olish jarayonida to’satdan tobi qochib qolgan. Bir necha kundan keyin  o’g’ir jarrohlik operatsiyasini boshidan o’tkazgan hamda 18 yanvar kuni 87 yoshida olamdan o’tgan. 

 

Po'lat Saidqosimov Biografiyasi
Po’lat Saidqosimov Biografiyasi

15 комментариев к “Po’lat Saidqosimov Biografiyasi”

  1. Уведомление: avoir un crédit rapidement

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: tech times article

  4. Уведомление: Crawley dating

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: กู้เงินในไลน์

  7. Уведомление: nikotinbeutel

  8. Уведомление: buy fresh mushrooms online

  9. Уведомление: maxbet

  10. Уведомление: เล่นบาคาร่า

  11. Уведомление: wapjig.com

  12. Уведомление: arbic bbw

  13. Уведомление: hk usa

  14. Уведомление: จํานําโฉนดที่ดิน ไม่ใช่ชื่อเรา

  15. Уведомление: 토렌트 다운

Комментарии закрыты.