PYY (peptide YY) gormoni

DO`STLARGA ULASHING:

PYY (peptide YY) gormoni

Avval aytganimdek , ishtahani boshqaruvchi gormonlar ikki guruhga: ishtaha ochadigan va pasaytiradiganga bo‘linadi.

Ishtahani pasaytirib, ochlik hissini kamaytiradigan PYY gormoni organizmni turli qismlaridan, asosan ingichka ichakdan ishlab chiqariladi.

PYY gormoni miqdori qonda ko‘paysa ishtaha pasayadi, ochlik hissi yo‘qoladi va taomni ko‘p yeb qo‘yishdan himoya qiladi. Bu esa «ishtahasi karnay», ozmoqchi bo‘lgan va doimiy ochlikni his qilib yuradiganlar uchun kerak.

PYY gormonini ko‘paytirish yo‘llaridan asosiylari:
✓ Taomni sekin va uzoq vaqt iste’mol qilish;
✓ Oqsilga boy taomlarni ratsionda ko‘paytirish.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, gormon asosan ingichka ichakdan ishlab chiqariladi. Demak, dastlab oshqozonga tushgan yegulikni ingichka ichakka o‘tish vaqtini kutish kerak, buning uchun sekin taomlanish kerak.

O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, taomni kamida 25 daqiqa davomida iste’mol qilish sog‘liq uchun juda foydali.

Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)

Оставьте комментарий