Qanday qilib kitob o’qishni odat tusiga kiritish mumkin!

DO`STLARGA ULASHING:

Qanday qilib kitob o’qishni odat tusiga kiritish mumkin!
Birinchi o’rinda nimani o’qib o’rganishing kerakligini aniqlab ol
1. O’qishing kerak bo’lgan asosiy narsalar haqida o’ylab olish uchun vaqt ajrat. Kundalik ishlar bilan band bo’lganimiz uchun ham ba’zan asosiy narsalar nima ekanligi haqida o’ylashga vaqt ajrata olmaymiz. Kimgadir buni o’ylab olishga 30 daqiqa, kimgadir esa do’stlari bilan bu haqida soatlab gaplashishi yana kimgadir bir necha kunga dam olishga ketishi kerak bo’ladi. Har qanday holda ham kelajagingni umumiy planda emas, balki aniq va tiniq tasavvur qil. Ikki yildan keyin qayeda bo’lasan? Orzuga yaqinlashish va o’zingni yanada rivojlantirish uchun qaysi jihatlaringni shakllantirishing kerak?
2. Mayda narsalar haqida o’ylashga ham vaqt ajrat. Ba’zan, aksincha, odamlar ulardan qandaydir katta rejalar haqida so’rashganda o’zlarini yo’qotib qo’yishadi(Mayda ishlarni to’g’ri bajara olmaydigan odam hech qachon katta ishlarni to’g’ri bajara olmaydi). Shuning uchun ham aynan hozir seni qo’lingdan keladigan mayda ishlarni bajarishdan boshla. Hayoting va o’qishing ertaga osonroq bo’lishi uchun bugun nima qila olasan?
3. O’zingdan: kimni ko’ra olmayapman? deb so’ra! Ha ko’ra olmaslikni faydali jihatlari talay. Ko’ra olmaslik–sal yoqimsiz hissiyot, lekin u senga katta dars berishi mumkin. Kimnidir ko’ra olmayapsanmi, demak, o’sha odamda senda yo’q nimadir bor va o’sha jihatni sen o’zingda shakllantirishing kerak. Kimni ko’ra olmayapsan, doimo sayohatdagi do’stingnimi yoki doimo ish bilan band bo’lgan do’stingnimi? Guruhingdagi eng aqlli odamnimi yoki kechalari tunggi klubda qizlar bilan vaqt o’tkazayotganinimi? Ko’ra olmaslik bizni qay taraflama rivojlanishimiz kerakligini eslatib turadi
O’qishni odat tusiga kirit
1. Maqsadingni aniqlab ol. Senga “ko’p o’qish” kerakmi yoki “nimadir yangi narsa o’rganish”mi? “Nimadir yangi narsa o’rgnish” kerak bo’lsa har oy kamida ikkita yangi narsa o’rganishga yordam beradigan tadbirda qatnash yoki haftaning har seshanba kuni hafta davomida qolib ketgan maqolalarni o’qish uchun ikki soatdan vaqt ajrat. Aniq reja tuzib olish, nima qilish zarurligini tushunishga va quyidagi ikkinchi punktni bajarishga yordam beradi
2. O’z odatlaringni nazorat qil. Nazorat rostdan ham sehrli kuchga ega. Psixologiya fan doktori Sergey Bikovning izlanishlari shuni ko’rsatganki o’z odatlarimizni kuzatish va nazorat qilish bizni yanada ma’suliyatli va muomalali qilar ekan. Hafta davomida nechta ilmiy ommabop video ko’rding yoki necha soat yangi ma’lumot olish uchun kitob o’qiding? O’zingni nazorat qil va shu bilan o’zingni kerakli tomonga tortasan
3. Kun tartibi tuzib ol. Kun tartibiga qiladigan ishlaringni yoz xolos ularni vaqtini aniq yozish faqatgina seni demotivatsiyaga uchratadi xolos. Masalan, bugun ikki soat badiiy asar o’qimoqchisan, shunchaki o’zingga qulay vaqtda sekundomerni yoq va ikki soat kitob o’qi.
4. Ishprokrastinatsiyaning* eng xavfli turi. Agar biror ishga aniq vaqt ajratdingmi, shu vaqt ichida faqat o’sha ishni bajar! Hech qanday ijtimoiy tarmoqlar, pochtani tekshirish, telegramga kirish va hk. Rejalashtirilgan ishingni bajar yoki patolokka termulib yotaver. Ikki holda ham chin yurakdan bajarmasang hech narsaga erisha olmaysan.
5. Vaqtingni kimga o’xshamoqchi bo’sang shunday odamlar bilan o’tkaz. Biz atrofdagi odamlarning odatlarini ko’chirish xususiyatiga egamiz. Shuning uchun atrofingdagi odamlarni ehtiyotkorlik bilan tanla

Оставьте комментарий